Kokul Umarxon Nega muncha siyohdur kokul, Magaram dudi ohdur kokul. Halqayi zulfidin ko'rundi yuzi, Holayi badri mohdur kokul. Husn iqbolini yoshurmoq uchun, Toji zeri kulohdur kokul. Hiylayi qatl etarga xol-u xati, Ikki zolim guvohdur kokul. Kishvari husnning Amiridur, Saltanat dastgohdur kokul. — Source: https://wikisource.org/wiki/Kokul. Downloaded from uzbekai.com.