Ruboiylar (Umidiy) Umidiy 1 Ey andalibi xoma, hamisha tarona chek, Yod aylagil jamolini, ohi shabona chek. Navro‘z kayfini yana ko‘zdin uchirmag‘il, Mastonaliq piyolasini yona-yona chek. 2 Ey soqiyi xujastaliqoi tarab ado, Kavsar nishon sharobingg‘a yuz naqdi jon baqo. Lab tashna, jon gurusna, ko‘ngul mayg‘a mustamand, La’ling haqida ayla mani hojatim ravo. 3 Ey soqiy, boda bahrig‘a mallohi kisht o‘lsa, Hurona kosa tutki, mayli sharobi bihisht o‘lsa. Dorilamon maykadadin quvmag‘il g‘ofil mani, Qurboni bo‘yi bodai rayhon sirisht o‘lsa. 4 Ey mayfurushi asri shah, Jamshidi anjuman, Keltur qadahni gardisha, shaydoliq ayla fan. G‘am daf’ig‘a hakimi qazo amr etib sharob, Ranji tanimni daf’ig‘a hoziqliq ayla san. 5 Bir kecha soqiy may bila ko‘nglumni sarafroz, Cho‘x ayladi, qilib erdim jonim ango niyoz. Ilgimda erdi zodai ash’ori xotirim, Aydi tamom o‘qub ko‘rub, nomin ango — Niyoz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ruboiylar_%28Umidiy%29. Downloaded from uzbekai.com.