Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q... Vola Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q, Jahon ahli agar ishqida jon bersa, anga g‘am yo‘q, Nechuk izhor etay, ey do‘stlar, ul siymtan ishqin, Ko‘ngul rozini ifsho etgudek olamg‘a mahram yo‘q. Ko‘rub ko‘nglumg‘a har yon zaxmlar hijroni tig‘idin Dedilar ahli hikmat: g‘ayri vasli anga marham yo‘q. Eshitib rahm qilmas ul quyoshsiymo fig‘onimni, Agarchi ko‘nglum ahvoli anga bir zarra mubham yo‘q. Parilarga makondur garchi gulzori Eram, ammo Manga ul hur paykar ko‘yidek dilxohu xurram yo‘q. Ko‘rub ul oy yuzin miynosini gulgun araq ichra, Nechuk dersiz guli gulzori ruxsorig‘a shabnam yo‘q. Ko‘ngulni xush tutub doim, zamone bo‘lmangiz g‘amgin, Nedinkim ko‘k ravoqidek tiriklik qasri mahkam yo‘q. Qiyomat vahmidin qon yig‘laganda, kuygan ey g‘ofil, Oni holig‘a yig‘langkim, ko‘zig‘a qatrai nam -yo‘q. Agarchi Vola a’molig‘ g‘amidin qon yutar, lekin Oni botin ko‘zin haq ochsa, zohir diydadin kam yo‘q. — Source: https://wikisource.org/wiki/Chaman_ichra_qayu_sarv_ul_sihi_qad_qoshig%E2%80%98a_xam_yo%E2%80%98q.... Downloaded from uzbekai.com.