Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun... Vola Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun, To maningdek ahli olam zoru shaydolanmasun. Garchi o‘ldum novaki nozingdin, ey abru kamon, O‘zgalarni qasdig‘a, yorab, ul o‘q yolanmasun. Ko‘z yoshim bahrida g‘arq o‘ldum yuzung hijronida, Mehr topg‘onda kishi ul nav’ daryolynmasun. Ohu ashkimdin tavahhum qilki, hajringdin yana Nuh to‘foni jahon mulkig‘a paydolanmasun. Qaddu ruxsoring tamannosida aylarman fig‘on, Bulbulu qumri gulu sarv uzra g‘avg‘olanmasun. Sunbuli zulfingni tarqatma yuz uzra, gar desang, Atridin devonalardek xalq savdolanmasun. Noz ila har sori ko‘z sol, aylasang sayri chaman, Sharmdin bodomu nargis ko‘zi shahlolanmasun. La’li jonbaxshingdin etma nuktaye daryog‘a fosh, To duri shahvor marjonidin izolanmasun. Quvlanib ko‘yung gulistonidin, ey nomehribon, Hech oshiq Voladek ishqingga rasvolanmasun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ochma_ruxsoringni%2C_jono%2C_muncha_zebolanmasun.... Downloaded from uzbekai.com.