Arzimni aydim bodi sabog’a... Xoʻjanazar Huvaydo Arzimni aydim bodi sabog’a, Yetkursa holim ul dilrabog’a. Qilsa xudoyim ko’nglin muloyim, Rahm aylag’aymu man mubtalog’a. Qilg’aymu xayrin o’z qo’li birla, Borsam ko’yiga miskin gadog’a. Dedi raqiblar yorg’a yomonlab, Soldi judoliq naylay arog’a, Ko’nglumda yo’qtur zarra gumonim, Kimki yomondur soldim xudog’a. Holimni aytsam yorim inonmas, Emdi qo’yubman yavm ul jazog’a. Yorsiz kishini firdavsi yo’qtur, Suydim sanamni qoldim balog’a. Dushmanlarining nozu, nahmda Parvarish aylab soldi g’inog’a. Do’stini yorim ranju alamda Qo’ydi el ichra javru jafog’a. Miskin Huvaydo sabru tahammul Aylab, hamisha yig’lar xudog’a. — Source: https://wikisource.org/wiki/Arzimni_aydim_bodi_sabog%E2%80%99a.... Downloaded from uzbekai.com.