Beadad mandin duo, ey choryori bosafo... Xoʻjanazar Huvaydo Beadad mandin duo, ey choryori bosafo, Sizga, Bu Bakru Umar, Usmon, Aliyi murtazo. Sidqu ixlosim bila, Ey oli as’hobi rasul, Ruhingizga qo’l ochib, shomu sabo aylay duo. Tortti Ahmad javru mehnat ushbu foniy dunyoda, Ummat ersang, bo’lg’il emdi payravi ul mustafo. Birisi sidqu sadoqat avjida badri munir, Birlari adlu adolat burjida shamsi zuho. Birlari hilmu hayo iqlimida bahri hayo, Birlari lutfu karam avrangida koni saxo. Nuri chashmi Haydari karrorni zolim Yazid Qip-qizil qonga bo’yab, qildi shahidi Karbalo. Ey Huvaydo, ishq ahli ushbu so’zni aydilar: «Sobirini bil — balou roziyini bil — qazo». — Source: https://wikisource.org/wiki/Beadad_mandin_duo%2C_ey_choryori_bosafo.... Downloaded from uzbekai.com.