Dardi yo’q bedard kishilar dard qadrin na bilur... Xoʻjanazar Huvaydo Dardi yo’q bedard kishilar dard qadrin na bilur, Dunyoda nomard ko’pdur, mard qadrin na bilur. Za’faron bo’ldi chiroyim yor uchun, ey do’stlar, Bilmagonlar bu chiroyi zard qadrin na bilur. Jon uzub, jonni ulodim kokili jononaga, Fahmi yo’q befahmlar payvand qadrin na bilur. Oz erur jononaga sarf aylasam man molu jon, Qilmag’on nodon kishi jon, mard qadrin na bilur. Yig’ladi harchand Huvaydo, bilmadi el qadrini, Tushmagan dard boshiga bodard qadrin na bilur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dardi_yo%E2%80%99q_bedard_kishilar_dard_qadrin_na_bilur.... Downloaded from uzbekai.com.