Hech kishiga so’zlamasdim, dod etdurdi falak... Xoʻjanazar Huvaydo Hech kishiga so’zlamasdim, dod etdurdi falak, Ko’p xaloyiq oldida faryod etdurdi falak. Arzi holim yetkudek bir yoru hamdam topmadim, Shod ko’nglumni, netay, noshod etdurdi falak. Man g’aribu xastani hardam firoq o’ti bilan Kuydurub, ko’kka kulum barbod etdurdi falak, Soldi ko’ngul saydig’a har lahza g’am shahbozini, G’amni man bechorag’a sayyod etdurdi falak. Ey Huvaydo, bo’lma qul bu charxi kajraftorg’a, Lahzada yuz shevalar bunyod etdurdi falak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Hech_kishiga_so%E2%80%99zlamasdim%2C_dod_etdurdi_falak.... Downloaded from uzbekai.com.