Icharg’a boda sahar mavsimi chaman yaxshi... Xoʻjanazar Huvaydo Icharg’a boda sahar mavsimi chaman yaxshi, Navoyi mutribu xush majlis, anjuman yaxshi. Suzub piyolai mayni, yig’ilsa ishrat eli, Sunarg’a mug’bacha may kosai Xo’tan yaxshi. Xush o’tkar umri azizing jahon g’amini yemay, May ich, tiriklik aro sihhati badan yaxshi, Kishikim ichmasa mayni tirik emas, o’lgan, Aningdek odamig’a go’r ila kafan yaxshi... — Source: https://wikisource.org/wiki/Icharg%E2%80%99a_boda_sahar_mavsimi_chaman_yaxshi.... Downloaded from uzbekai.com.