Iloho, san karam birla kechurg’il, ey Xudovando... Xoʻjanazar Huvaydo Iloho, san karam birla kechurg’il, ey Xudovando, Gunohi jumla mo»minni, ayo ma’budi behamto! O’shal sahroda qaynar mag’zi sar mispi qazon yanglig’, Tilim tizga tushurib tashna aylab qilmag’il rasvo. Kelur nayza bo’yi xurshidi tobon favqi sar uzra O’shal kun boshimizga chodari rahmatni qil paydo. Ko’rilsa ul «famay-ya’mal»da mezonim sabuk qilma, Savobimni gunohimdan, ayo sattori ma’yubho! Qadam qo’ysam yiqitmog’il sirotal mustaqim uzra, Giriftori jahiym aylab qulingni qilmag’il rasvo. Hamma ish bizga mushkuldir, saning oldingdadir oson, Sen o’qsan barchani Parvardigori halli mushkulho. Umidim ko’pturur «lo taqnatuv mir rahmatilloh»din Agar chandeki noshoyista ishlar aylasam barpo. O’shal havli qiyomatni, Iloho, aylag’il oson Bahaqqi sayyidi kavnayn subhonallaziy asro! Na xush baxti saodatdur Muhammad «ummatim» desa, «Saningdek ummatim yo’q» desalar faryodu vovaylo. Xaloyiq oldida sharmanda bo’lib termulib qolsam, Qaro kunlar o’shal soat boshimga bo’lg’usi paydo. Quruq til birla ayturman: «Muhammad ummatiman», deb Yemak-ichmak ishim bo’ldi, qani toat, qani taqvo? Shafoat bahridin serob qilg’il jumla mo»minni Tufayli yaxshilar man osiy qulni, yo rasullulloh! Ayo Ahmad, manga bir qatrai bahri shafoatdin Darig’ etma, Huvaydo garchi bo’lsa osiyu gumroh. — Source: https://wikisource.org/wiki/Iloho%2C_san_karam_birla_kechurg%E2%80%99il%2C_ey_Xudovando.... Downloaded from uzbekai.com.