Ishq bozorida man bo’ldum xaridoring saning... Xoʻjanazar Huvaydo Ishq bozorida man bo’ldum xaridoring saning, Ikki olam arzimaydur zulfi zunnoring saning. Masti «loya’qil» bo’lub, aylar ishimni bilmadim, Yotaman, ingronaman bo’lub chu bemoring saning. Burnodin nodon ekonman, bilmadim qadringni man, Keldi ishqing, emdi bildim qadri diydoring saning. Doimo g’aflatda erdim, bilmadim man g’am nechuk, G’am yetushti, chunki bo’ldum emdi bedoring saning. Har kishi tolib bo’lib, qilsa jamolingni talab, Boshidin hargiz tuganmas zulmi dushvoring saning. Ey Huvaydo, dil uyida zarracha ag’yordin, Bo’lsa, yetmas yorga bu nolau zoring saning. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ishq_bozorida_man_bo%E2%80%99ldum_xaridoring_saning.... Downloaded from uzbekai.com.