Rahm aylasang-chi devonalarg’a... Xoʻjanazar Huvaydo Rahm aylasang-chi devonalarg’a, Ishqingda bo’lg’an afsonalarg’a. Aylab judoliq, ey hamnishinim, Qilding jafolar g’amxonalarg’a. Kuydurma jonim rashk o’ti birla, Ochib yuzungni begonalarg’a. Sajda qilay deb, shirin, butimg’a, Bordim so’roqlab butxonalarg’a. Maygun labingdin bir bo’sa bergin, Sinsun xumori mastonalarg’a. Har dam tilarman husni kamoling, Urub boshimni ostonalarg’a. Yondur, kuyoyin xilvat ichinda, Sham’i jamoling parvonalarg’a. Ishqingni ganji vayron ko’ngulda, Qo’ysang turarmu koshonalarg’a. — Source: https://wikisource.org/wiki/Rahm_aylasang-chi_devonalarg%E2%80%99a.... Downloaded from uzbekai.com.