Dirilur zor tanim la’li duraxshoningdin... Xon Dirilur zor tanim la’li duraxshoningdin, Ochilur uqdai dil g‘unchai xandoningdin. Charx ovjina biroqdim adami shu’lai oh, Dun kecha hasrati ul sarvi xiromoningdin. Veriram istadiging jon esa, yo‘x imkoni, Podshohim, banga chixmak seni farmoningdin. Zarra-zarra sharari charxa chiqan anjumdur, Uda yohqoj tanimi otashi hijroningdin. Qatra-qatra sochilur qon gejalar chashmimdin, Ruhi gulgunung ila zulfi parishoningdin. Geja o‘lduqcha falak yera biroqsa gunashin Na ajab sha’sha’ai mehri durafshoningdin. Bir yolon so‘z ila cho‘x injima, ey mohliqo, Ishq mulkini musaxxar edajak Xoningdin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dirilur_zor_tanim_la%E2%80%99li_duraxshoningdin.... Downloaded from uzbekai.com.