Oyru dushdim yana ul g‘unchai xandonimdin... Xon Oyru dushdim yana ul g‘unchai xandonimdin, No‘la gar tinmasa el nolayu afg‘onimdii. Dambadam orazi yodi ila ashkim guhari Qatra-qatra sochilur didai giryonimdin. Ketdi aldin xami zulfiyu parishon o‘ldum, Voqif o‘lmaz banim ahvoli parishonimdin. Ro‘zgorim qoradur zulfi kibi ul mohing To qadam chekti banim kulbai ihzonimdin. Ey sabo, kuyina gar dushsa guzoring nogoh Verako‘r bir xabar ul sarvi xiromonimdin. Bosh chekar shu’lai ohim sharari garduna, Hazar etmazmi falak otashi so‘zonimdin. Jismi zorim o‘da yondirdi g‘ami pinhoni, Ohkim ogoh emas ul g‘ami pinhonimdin. Yashurub yer yuzini siymi sirishkim guhari, Necha yildurki ketib siymbarim yonimdin. No‘la Xoning kibi gar uzsam ilik jonimdin Gardishi charx ayirdi bani jononimdin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Oyru_dushdim_yana_ul_g%E2%80%98unchai_xandonimdin.... Downloaded from uzbekai.com.