Senga kim tedi, ey jon, noz qilma... Xorazmiy Senga kim tedi, ey jon, noz qilma, Manga noz aylamakni oz qilma. Niyoz aylarman, nozing tilarman, Niyozimni ravo qil, noz qilma. Nasibi dardu g’amni baxsh etarda Manga san o’zgani anboz etma. Gadolarg’a jafo qilmoq tilasang, Duochi bandadin og’oz qilma. Ko’ngul sirrini bo’lmasun tesang fosh, O’shul g’amzani san g’ammoz qilma. Sanga man oshiqi jonboz erkan, Nazar o’zgaga, ey jon,boz qilma. Bu Hofiz yonina ohang qilmay, Jafo qonunini san soz qilma. — Source: https://wikisource.org/wiki/Senga_kim_tedi%2C_ey_jon%2C_noz_qilma.... Downloaded from uzbekai.com.