Voy, o’shul miskingakim, bir g’amguzore topmasa... Xorazmiy Voy, o’shul miskingakim,bir g’amguzore topmasa, Ishqda jon o’ynasa-yu, e’tibore topmasa. Kechsa koru bordin bir yo’li-yu, o’z shohining Eshiginda itlarincha koru bore topmasa. Ne tarioqa bo’lg’ay ul bechora oshiq holikim, Bulbuli oshufta yanglig’ guluzore topmasa. Bulbuli nolon bikinkim gul yuzidin sayradim, Bilg’ay ul qadrimni gar mantak hazore topmadim. Benishon bo’lg’anda bilg’ay qadri holimni sanam — Kim,mani isdasa-yu mandin g’ubore topmasa. Yorliqning dardini ul damda bilg’ay yorimiz – Kim,kishini sevsa-yu,hamdard yore topmasa. Chunkim ul dildorining zulfinga ko’runmas qaror, Ne ajab bo’lg’ay agar Hofiz qarore topmasa. — Source: https://wikisource.org/wiki/Voy%2C_o%E2%80%99shul_miskingakim%2C_bir_g%E2%80%99amguzore_topmasa.... Downloaded from uzbekai.com.