Baski za’f etti firoqingda tanim monandi xas... Xumuliy Baski kechdi yor hajridin manga ayyom talx, Og‘zima olsam shakar hosil qilurman kom talx, To qaro ko‘zlig‘ nigorim qilmadi achchig‘ nigoh, Qilmadim ma’lumkim ermish qaro bodom talx. Zahr bo‘lsa xum aro jonim ajab ermaski yor, G‘ayrdin ibrom achchig‘, yordin in’om talx. Odat o‘lmishdur manga hajr ichra zahr oshomlig‘, Xoni vasl o‘lsa muyassar aylagum ibrom talx. Bo‘lsa achchig‘ zindagonim ne ajab chunkim manga, Bir quyosh hijronidin charx ichturur har shom talx. To chuchuklig‘din dam urdi lablaring, ey mug‘bacha, Rashkdin qildi mizojin bodai gulfom talx. Ey Xumuliy, rindu rasvolig‘ erur kayfiyatim, Dushmanimdur voizutaklifi nangu nom talx. — Source: https://wikisource.org/wiki/Baski_za%E2%80%99f_etti_firoqingda_tanim_monandi_xas.... Downloaded from uzbekai.com.