Yo‘qki anjum durlaridin gavhar afshondur falak... Xumuliy Yo‘qki anjum durlaridin gavhar afshondur falak, Bosh-oyog‘i ko‘z bo‘lub, holimg‘a hayrondur falak. Kahkashon ermaski har tun to sahar bedodidin, Otashin ohim bilan dasti girebondur falak. Erta mehr afshon qilib, oqshom pushaymondur bu kim Poy to sar pushti dasti zaxmi dandondur falak. Bo‘lmasa mahzul yuzidin mehri anjum tarh etib, Kunduz otashboz, tunlar paxta parrondur falak. Borsa bir komil, qilur, olamda ming noqis ayon, Muhr olib anjum sotarg‘a eski do‘kondur falak. Bir quyosh bedodidin titrar tanim simobdek, Kim boshidin charx urub aftonu xezondur falak. Umr davroni, Xumuliy, qildi ko‘nglumni sinuq, Ore, qattig‘ donag‘a qurg‘on tegirmondur falak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yo%E2%80%98qki_anjum_durlaridin_gavhar_afshondur_falak.... Downloaded from uzbekai.com.