📅 2016-yil 15-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sogʻliqni saqlash vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2016-yil 15-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sogʻliqni saqlash vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2016 йил 15 июль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Соғлиқни сақлаш вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 15 июля 2016 г. · Документы министерств и ведомств · Министр здравоохранения
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 15 July 2016 · Ministry and agency documents · Sogʻliqni saqlash vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирининг
буйруғи
Қон ишлатиш билан боғлиқ бўлган кўп маротаба қўлланилиши тақиқланган тиббий буюм ва асбоблар рўйхатига қўшимчалар киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2007 йил 2 октябрдаги ПҚ-700-сон «Республика тиббиёт муассасалари фаолиятини ташкил этишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2013 йил 28 январдаги 16-сон буйруғи (рўйхат рақами 2422, 2013 йил 5 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 6-сон, 75-модда) билан тасдиқланган Қон ишлатиш билан боғлиқ бўлган кўп маротаба қўлланилиши тақиқланган тиббий буюм ва асбоблар рўйхатига иловага мувофиқ қўшимчалар киритилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2016 йил 15 июлдаги 61-сон буйруғига ИЛОВА
Қон ишлатиш билан боғлиқ бўлган кўп маротаба қўлланилиши тақиқланган тиббий буюм ва асбоблар рўйхатига киритилаётган қўшимчалар
Қуйидаги мазмундаги позициялар билан тўлдирилсин:
« 36. Стерил тиббий резина қўлқоплар 37. Ностерил тиббий резина қўлқоплар ».
Вазир А. АЛИМОВ
Тошкент ш.,
2016 йил 15 июль,
61-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 28-yanvardagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2422, 2013-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 15-iyuldagi 61-son buyrugʻiga ILOVA
Qon ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp marotaba qoʻllanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“ 36. Steril tibbiy rezina qoʻlqoplar 37. Nosteril tibbiy rezina qoʻlqoplar ”.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-iyul,
61-son