📅 2017-yil 22-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2017-yil 22-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2017 йил 22 июль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Ички ишлар вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 22 июля 2017 г. · Документы министерств и ведомств · Министр внутренних дел
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 22 July 2017 · Ministry and agency documents · Ichki ishlar vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг
буйруғи
«Хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ёки тан жароҳати олган ички ишлар органлари ходимлари ва ҳарбий хизматчиларига бир йўла тўланадиган нафақани тўлаш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруқни ўз кучини йўқотган деб топиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг «Ички ишлар органлари тўғрисида»ги Қонуни ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 1 июлдаги 452-сон «Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органларида хизмат мажбуриятларини бажариш чоғида тан жароҳати етказилган ходимларга ёки ҳалок бўлган ходимларнинг оила аъзоларига бир марталик нафақа тайинлаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазирининг 2012 йил 21 августдаги 118-сон «Хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ёки тан жароҳати олган ички ишлар органлари ходимлари ва ҳарбий хизматчиларига бир йўла тўланадиган нафақани тўлаш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2390, 2012 йил 19 сентябрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 38-сон, 440-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Вазир А. АЗИЗОВ
Тошкент ш.,
2017 йил 22 июль,
153-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
“Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyuldagi 452-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 21-avgustdagi 118-son “Xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2390, 2012-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 440-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyul,
153-son