📅 2017-yil 13-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2017-yil 13-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2017 йил 13 ноябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Жисмоний тарбия ва спорт Давлат қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 13 ноября 2017 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета по физической культуре и спорту
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 13 November 2017 · Ministry and agency documents · Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси жисмоний тарбия ва спорт Давлат қўмитасининг
Қарори
«Спорт-таълим муассасаларининг тренер-ўқитувчилари ва йўриқчи-услубчиларига малака тоифаларини бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруқ, шунингдек унга ўзгартиришларни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг «Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида»ги Қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 16 мартдаги 148-сон «Ўзбекистон Республикаси Жисмоний тарбия ва спорт давлат қўмитаси тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Жисмоний тарбия ва спорт давлат қўмитаси қарор қилади:
1. Қуйидагилар ўз кучини йўқотган деб топилсин:
Ўзбекистон Республикаси маданият ва спорт ишлари вазирининг 2013 йил 25 декабрдаги 1323-сон «Спорт-таълим муассасаларининг тренер-ўқитувчилари ва йўриқчи-услубчиларига малака тоифаларини бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2550, 2014 йил 8 январь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 2-сон, 26-модда);
Ўзбекистон Республикаси маданият ва спорт ишлари вазирининг 2016 йил 29 февралдаги 29-сон «Спорт-таълим муассасаларининг тренер-ўқитувчилари ва инструктор-методистларига малака тоифалари бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруққа ўзгартиришлар киритиш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2550-1, 2016 йил 17 март) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 11-сон, 107-модда).
2. Мазкур қарор Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги, Ўзбекистон Мудофаасига кўмаклашувчи «Ватанпарвар» ташкилоти Марказий Кенгаши, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ҳамда Молия вазирлиги билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилган:
Раис Р. КУРБАНОВ
Халқ таълими вазири У. ИНОЯТОВ
Ўзбекистон Мудофаасига кўмаклашувчи «Ватанпарвар» ташкилоти Марказий Кенгаши раиси Р. НИЯЗОВ
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири А. ХАИТОВ
Молия вазири Б. ХОДЖАЕВ
Тошкент ш.,
2017 йил 13 ноябрь,
2017 йил 13 ноябрь
2017 йил 13 ноябрь
2017 йил 13 ноябрь
2017 йил 13 ноябрь
16-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Qarori
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 25-dekabrdagi 1323-son “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550, 2014-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 26-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-son “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 2016-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 107-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan:
Rais R. KURBANOV
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-noyabr,
2017-yil 13-noyabr
2017-yil 13-noyabr
2017-yil 13-noyabr
2017-yil 13-noyabr
16-mh-son