📅 2018-yil 22-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Davlat veterinariya qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzstandart” agentligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 22-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Davlat veterinariya qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzstandart” agentligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 22 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Давлат ветеринария қўмитаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги «Ўзстандарт» агентлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 22 февраля 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета ветеринарии Министерства здравоохранения агентства «Узстандарт»
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 22 February 2018 · Ministry and agency documents · Davlat veterinariya qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzstandart” agentligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Давлат ветеринария қўмитаси Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси «Ўзстандарт» агентлигининг
Қарори
РЎЙХАТИ
«Бозорларда ва савдо шохобчаларида гўшт маҳсулотларини сотишга қўйиладиган талаблар тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги қарор, шунингдек унга ўзгартиришларни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг « Ветеринария тўғрисида »ги ва « Тадбиркорлик фаолияти соҳасидаги рухсат бериш тартиб-таомиллари тўғрисида »ги Қонунлари ва Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 139-сон «Давлат ветеринария хизмати тизимидаги рухсат этиш хусусиятига эга ҳужжатларни бериш тартиб-таомилларидан ўтиш тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Давлат ветеринария қўмитаси, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва «Ўзстандарт» агентлиги қарор қилади:
1. Айрим идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар иловага мувофиқ ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор Ўзбекистон Республикаси Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Ўзбекистон Республикаси Давлат ветеринария қўмитаси, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда «Ўзстандарт» агентлигининг 2018 йил 22 февралдаги 22, 5 ва К-2-сон қарорига ИЛОВА
Ўз кучини йўқотган деб топилаётган идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
1. Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда «Ўзстандарт» агентлигининг 2006 йил 13 июлдаги 6/2, 4 ва 255-сон «Бозорларда ва савдо шохобчаларида гўшт маҳсулотларини сотишга қўйиладиган талаблар тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 1610, 2006 йил 10 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006 й., 31-32-сон, 328-модда).
2. Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда «Ўзстандарт» агентлигининг 2013 йил 25 мартдаги 3/1, 11 ва 105-сон «Бозорларда ва савдо шохобчаларида гўшт маҳсулотларини сотишга қўйиладиган талаблар тўғрисидаги йўриқномага ўзгартиришлар киритиш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 1610-1, 2013 йил 22 апрель) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 17-сон, 226-модда).
Давлат ветеринария қўмитаси раиси в.б. Б. НОРҚОБИЛОВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ШАДМАНОВ
«Ўзстандарт» агентлиги бош директори А. КАРИМОВ
Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси раиси Р. ГУЛЯМОВ
Тошкент ш.,
2018 йил 22 февраль,
Тошкент ш.,
2018 йил 22 февраль,
Тошкент ш.,
2018 йил 22 февраль,
2018 йил 22 февраль
22-сон
5-сон
К-2-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzstandart” agentligining
Qarori
ROʻYXATI
“Bozorlarda va savdo shoxobchalarida goʻsht mahsulotlarini sotishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “ Veterinariya toʻgʻrisida ”gi va “ Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida ”gi Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son “Davlat veterinariya xizmati tizimidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligining 2018-yil 22-fevraldagi 22, 5 va K-2-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligining 2006-yil 13-iyuldagi 6/2, 4 va 255-son “Bozorlarda va savdo shoxobchalarida goʻsht mahsulotlarini sotishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1610, 2006-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 328-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligining 2013-yil 25-martdagi 3/1, 11 va 105-son “Bozorlarda va savdo shoxobchalarida goʻsht mahsulotlarini sotishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1610-1, 2013-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 226-modda).
Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi v.b. B. NORQOBILOV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KARIMOV
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
2018-yil 22-fevral
22-son
5-son
K-2-son