📅 2018-yil 13-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 13-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 13 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Ички ишлар вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 13 февраля 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Министр внутренних дел
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 13 February 2018 · Ministry and agency documents · Ichki ishlar vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирИнинг
буйруғи
Йўл ҳаракати қоидаларининг бузилишига доир маъмурий ишларни кўриб чиқиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага қўшимча ва ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сон «Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг 2011 йил 31 майдаги 68-сон буйруғи (рўйхат рақами 2240, 2011 йил 5 июль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 й., 27-сон, 286-модда) билан тасдиқланган Йўл ҳаракати қоидаларининг бузилишига доир маъмурий ишларни кўриб чиқиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага иловага мувофиқ қўшимча ва ўзгартириш киритилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазирининг 2018 йил 13 февралдаги 34-сон буйруғига ИЛОВА
Йўл ҳаракати қоидаларининг бузилишига доир маъмурий ишларни кўриб чиқиш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг 45-бандига киритилаётган қўшимча ва ўзгартириш
1. Қуйидаги мазмундаги олтинчи хатбоши билан тўлдирилсин:
«шахс ҳаракатни жисмоний ёки руҳий мажбурлаш ёхуд қўрқитиш натижасида қилган бўлса;»;
олтинчи — ўн биринчи хатбошилар тегишлича еттинчи — ўн иккинчи хатбошилар деб ҳисоблансин.
2. Ўн иккинчи хатбошидаги «7.1» рақами «25»рақами билан алмаштирилсин.
Вазир П. БОБОЖОНОВ
Тошкент ш.,
2018 йил 13 февраль,
34-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirIning
buyrugʻi
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 34-son buyrugʻiga ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 45-bandiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. Quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilgan boʻlsa;”;
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻn ikkinchi xatboshidagi “7.1” raqami “25”raqami bilan almashtirilsin.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-fevral,
34-son