📅 2018-yil 28-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 28-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 28 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 28 февраля 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции Министерства сельского хозяйства
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 28 February 2018 · Ministry and agency documents · Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг
Қарори
Молларни пудрат шартномаси асосида оилаларга бериш Тартибини ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 мартдаги ПҚ-2841-сон «Чорвачиликда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси ва Қишлоқ хўжалиги вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат мулк қўмитаси ва Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги томонидан 1998 йил 17 июлда 04/14-187 ва 32-51-сон билан тасдиқланган Молларни пудрат шартномаси асосида оилаларга бериш Тартиби (рўйхат рақами 455, 1998 йил 20 июль) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор «Қоракўлчилик» республика уюшмаси билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилган:
Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси раиси Р. ГУЛЯМОВ
Қишлоқ хўжалиги вазири Б. ЮСУПОВ
«Қоракўлчилик» республика уюшмаси раиси Н. ЙЎЛДОШЕВ
Тошкент ш.,
2018 йил 28 февраль,
Тошкент ш.,
2018 йил 28 февраль,
2018 йил 28 февраль
01/10-10/16-сон
46-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish Tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-son “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 1998-yil 17-iyulda 04/14-187 va 32-51-son bilan tasdiqlangan Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish Tartibi (roʻyxat raqami 455, 1998-yil 20-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Qorakoʻlchilik” respublika uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan:
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
“Qorakoʻlchilik” respublika uyushmasi raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
2018-yil 28-fevral
01/10-10/16-son
46-son