📅 2018-yil 30-may · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 30-may · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 30 май · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Ички ишлар вазирлиги Соғлиқни сақлаш вазирлиги бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 30 мая 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства внутренних дел Министерства здравоохранения Министерства занятости и трудовых отношений
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 30 May 2018 · Ministry and agency documents · Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг
Қарори
«Фуқароларни гиёҳвандлик воситалари, психотроп моддалар ва прекурсорлар билан боғлиқ бўлган ишларга жалб этиш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 апрелдаги ПФ-5409-сон «Тадбиркорлик фаолияти соҳасидаги лицензиялаш ва рухсат бериш тартиб-таомилларини янада қисқартириш ва соддалаштириш, шунингдек, бизнес юритиш шарт-шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармонига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги қарор қиладилар:
1. Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигининг 2009 йил 4 октябрдаги 7, 10, 32-сон «Фуқароларни гиёҳвандлик воситалари, психотроп моддалар ва прекурсорлар билан боғлиқ бўлган ишларга жалб этиш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 2040, 2009 йил 16 ноябрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 й., 47-сон, 507-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ички ишлар вазири П. БОБОЖОНОВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ШАДМАНОВ
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Ш. КУДБИЕВ
Тошкент ш.,
2018 йил 30 май,
Тошкент ш.,
2018 йил 30 май,
Тошкент ш.,
2018 йил 30 май,
36-сон
30-сон
16-қ/қ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
“Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 4-oktabrdagi 7, 10, 32-son “Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2040, 2009-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 507-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-may,
Toshkent sh.,
2018-yil 30-may,
Toshkent sh.,
2018-yil 30-may,
36-son
30-son
16-q/q-son