📅 2018-yil 6-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Qishloq xoʻjaligi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 6-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Qishloq xoʻjaligi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 6 июль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Қишлоқ хўжалиги вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 6 июля 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Министр сельского хозяйства
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 6 July 2018 · Ministry and agency documents · Qishloq xoʻjaligi vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирининг
буйруғи
«Ўзагросервис» акциядорлик жамияти корхоналари томонидан кўрсатилган механизация хизматлари ҳақини тўлаш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруқни ўз кучини йўқотган деб ҳисоблаш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 10 майдаги 350-сон « Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида (Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Пахта хом ашёси ва бошоқли дон етиштиришни молиялаштириш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2018 йил 28 февралдаги ПҚ-3574-сон қарори) »ги ва 2018 йил 28 февралдаги 149-сон « Қишлоқ хўжалигида бозор механизмларини кенг жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида »ги қарорларига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирининг 2017 йил 5 июлдаги 37-сон «Ўзагросервис» акциядорлик жамияти корхоналари томонидан кўрсатилган механизация хизматлари ҳақини тўлаш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2903, 2017 йил 27 июль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 30-сон, 752-модда) ўз кучини йўқотган деб ҳисоблансин.
2. Мазкур буйруқ Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузуридаги Қишлоқ хўжалигини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш жамғармаси, «Ўзпахтасаноат» акциядорлик жамияти, «Ўздонмаҳсулот» акциядорлик компанияси, «Ўзагротехсаноатхолдинг» акциядорлик жамияти, «Агробанк» акциядорлик тижорат банки ва «Ўзагросервис» акциядорлик жамияти билан келишилган.
3. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Вазир Б. ЮСУПОВ
Молия вазирлиги ҳузуридаги Қишлоқ хўжалигини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш жаиғармаси директори Ш. МИРЗАЕВ
«Ўзпахтасаноат» акциядорлик жамияти бошқаруви раиси А. МАҚСУДОВ
«Ўздонмаҳсулот» акциядорлик компанияси бошқаруви раиси С. ХАЙДАРОВ
«Ўзагротехсаноатхолдинг» акциядорлик жамияти бошқаруви раиси М. КАРИМОВ
«Агробанк» акциядорлик тижорат банки бошқаруви раиси С. ХОДЖАЕВ
«Ўзагросервис» акциядорлик жамияти бош директори Р. ХАЙИТОВ
Тошкент ш.,
2018 йил 6 июль,
2018 йил 19 июнь
2018 йил 25 июнь
2018 йил 25 июнь
2018 йил 20 июнь
2018 йил 14 июнь
2018 йил 22 июнь
48-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-son “ Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori) ”gi va 2018-yil 28-fevraldagi 149-son “ Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2017-yil 5-iyuldagi 37-son “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2903, 2017-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 752-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Vazir B. YUSUPOV
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jaigʻarmasi direktori Sh. MIRZAYEV
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A. MAQSUDOV
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi S. XAYDAROV
“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi M. KARIMOV
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi S. XODJAYEV
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori R. XAYITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-iyul,
2018-yil 19-iyun
2018-yil 25-iyun
2018-yil 25-iyun
2018-yil 20-iyun
2018-yil 14-iyun
2018-yil 22-iyun
48-son