📅 2018-yil 10-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 10-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 10 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Адлия вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 10 августа 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Министр юстиции
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 10 August 2018 · Ministry and agency documents · Adliya vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирининг
буйруғи
«Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруқни, шунингдек унга ўзгартириш ва қўшимчаларни ўз кучини йўқотган деб топиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 3 июлдаги 498-сон «Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Айрим идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар иловага мувофиқ ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур буйруқ давлат рўйхатидан ўтказилсин ва Ҳукумат баённома қарорлари ва идоравий норматив ҳужжатларни ҳуқуқий экспертизадан ўтказиш бошқармаси Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг давлат реестрига тегишли ёзув киритсин.
3. Қонун ҳужжатларини таҳлил қилиш ва туркумлаш бошқармаси ушбу идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатни «Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами» — «Собрание законодательства Республики Узбекистан»да ҳамда Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасида эълон қилинишини таъминласин.
4. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
5. Мазкур буйруқнинг ижросини назорат қилиш вазирнинг биринчи ўринбосари Н. Жўраев зиммасига юклансин.
Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2018 йил 10 августдаги 412-мҳ-сон буйруғига ИЛОВА
Ўз кучини йўқотган деб топилаётган идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати
1. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2011 йил 30 сентябрдаги 222-мҳ-сон «Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2272, 2011 йил 30 сентябрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 й., 40-сон, 432-модда).
2. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2012 йил 2 мартдаги 51-мҳ-сон «Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари тўғрисидаги низомга қўшимча киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2272-1, 2012 йил 2 март) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 8-9-сон, 96-модда).
3. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2016 йил 26 декабрдаги 305-мҳ-сон «Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2272-2, 2016 йил 26 декабрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 52-сон, 607-модда).
Вазир Р. ДАВЛЕТОВ
Тошкент ш.,
2018 йил 10 август,
412-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 412-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 30-sentabrdagi 222-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2272, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 432-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 51-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2272-1, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 96-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 305-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2272-2, 2016-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 607-modda).
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-avgust,
412-mh-son