📅 2018-yil 30-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018-yil 30-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2018 йил 30 июль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Иқтисодиёт вазирлиги Молия вазирлиги Давлат солиқ қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 30 июля 2018 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства экономики Министерства финансов Государственного налогового комитета
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 30 July 2018 · Ministry and agency documents · Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитасининг
Қарори
Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳузуридаги тадбиркорлик фаолиятини ривожлантиришга кўмаклашиш бўйича маслаҳат марказининг намунавий низомининг 6-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 17 апрелдаги ПФ-5418-сон «Қишлоқ ва сув хўжалиги давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармони , 2018 йил 17 апрелдаги ПҚ-3671-сон «Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори , 2018 йил 17 апрелдаги ПҚ-3672-сон «Ўзбекистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори , Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 6 июндаги 428-сон «Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига ўзгартиришлар ва қўшимча киритиш, шунингдек баъзи қарорларини ўз кучини йўқотган деб ҳисоблаш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги, Молия вазирлиги, Давлат солиқ қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги, Молия вазирлиги, Давлат солиқ қўмитасининг 2013 йил 24 июндаги 36, 62 ва 2013-34-сон қарори (рўйхат рақами 2499, 2013 йил 8 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 32-сон, 435-модда) билан тасдиқланган Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳузуридаги тадбиркорлик фаолиятини ривожлантиришга кўмаклашиш бўйича маслаҳат марказининг намунавий низомининг 6-бандидаги «тадбиркорлик субъектларига «ягона дарча» тамойили бўйича давлат хизматлари кўрсатиш ягона марказлари» ва «туман қишлоқ ва сув хўжалиги бўлими, туман фермерлар кенгашининг» деган сўзлар тегишлилиги бўйича «туман (шаҳар) давлат хизматлари марказлари» ва «туман (Қувасой шаҳар) қишлоқ хўжалиги бўлими ва туман (Қувасой шаҳар) ирригация бўлими, туманлар фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари кенгашларининг» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. Мазкур қарор Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси ва Фуқароларни ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бўйича Республика кенгаши Бошқаруви раиси, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Сув хўжалиги вазирлиги билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилган:
Иқтисодиёт вазири Б. ХОДЖАЕВ
Молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Давлат солиқ қўмитаси раисининг биринчи ўринбосари Б. МУСАЕВ
Савдо-саноат палатаси раиси А. ИКРАМОВ
Фуқароларни ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бўйича республика кенгаши Бошқаруви раиси Ш. ЖАВЛАНОВ
Қишлоқ хўжалиги вазири Б. ЮСУПОВ
Сув хўжалиги вазири Ш. ХАМРАЕВ
Тошкент ш.,
2018 йил 30 июль,
Тошкент ш.,
2018 йил 30 июль,
Тошкент ш.,
2018 йил 30 июль,
2018 йил 30 июль
2018 йил 30 июль
2018 йил 30 июль
2018 йил 30 июль
26-сон
115-сон
2018-59-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomining 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni , 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori , 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 24-iyundagi 36, 62 va 2013-34-son qarori (roʻyxat raqami 2499, 2013-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 435-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomining 6-bandidagi “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari” va “tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tuman fermerlar kengashining” degan soʻzlar tegishliligi boʻyicha “tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari” va “tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi va tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimi, tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi Boshqaruvi raisi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan:
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Boshqaruvi raisi Sh. JAVLANOV
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
2018-yil 30-iyul
2018-yil 30-iyul
2018-yil 30-iyul
2018-yil 30-iyul
26-son
115-son
2018-59-son