📅 2019-yil 8-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 8-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 8 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 8 февраля 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета промышленной безопасности
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 8 February 2019 · Ministry and agency documents · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасининг
Қарори
«Саноат хавфсизлиги экспертизасини амалга ошириш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги буйруқни, шунингдек унга ўзгартириш ва қўшимчаларни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 2 октябрдаги 784-сон «Саноат хавфсизлигини экспертизадан ўтказиш ва экспертиза хулосасини бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорига мувофиқ қарор қиламан:
1. Қуйидагилар ўз кучини йўқотган деб топилсин:
Ўзбекистон Республикаси Саноатда, кончиликда ва коммунал-маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғининг 2009 йил 9 сентябрдаги 172-сон «Саноат хавфсизлиги экспертизасини амалга ошириш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2013, 2009 йил 8 октябрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 йил, 41-сон, 446-модда);
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги ер қаърини геологик ўрганиш, саноатда, кончиликда ва коммунал-маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғининг 2011 йил 6 январдаги 2-сон «Саноат хавфсизлиги экспертизасини амалга ошириш қоидаларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2013-1, 2011 йил 13 январь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 йил, 1-2-сон, 19-модда).
2. Мазкур қарор Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Қурилиш вазирлиги, Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси, Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси, Ўзбекистон стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги, Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилган:
Раис в.б. Б. ГУЛЯМОВ
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Ш. КУДБИЕВ
Фавқулодда вазиятлар вазирининг биринчи ўринбосари А. ҚЎЛДОШЕВ
Қурилиш вазири А. ТУХТАЕВ
Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси раиси Б. ИСЛАМОВ
Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси раисининг биринчи ўринбосари Н. ШАРИПОВ
Ўзбекистон стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги бош директори Д. САТТАРОВ
Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси раиси Қ. РАФИКОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 8 февраль,
2019 йил 10 январь
2019 йил 15 январь
2019 йил 14 январь
2019 йил 11 январь
2019 йил 9 январь
2019 йил 11 январь
2019 йил 10 январь
13/ЮБ-1-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
“Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq qaror qilaman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 9-sentabrdagi 172-son “Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2013, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 41-son, 446-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 6-yanvardagi 2-son “Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2013-1, 2011-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 1-2-son, 19-modda).
2. Mazkur qaror Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan:
Rais v.b. B. GULYAMOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A. QOʻLDOShEV
Qurilish vaziri A. TUXTAYEV
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B. ISLAMOV
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N. ShARIPOV
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q. RAFIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-fevral,
2019-yil 10-yanvar
2019-yil 15-yanvar
2019-yil 14-yanvar
2019-yil 11-yanvar
2019-yil 9-yanvar
2019-yil 11-yanvar
2019-yil 10-yanvar
13/YuB-1-son