📅 2019-yil 19-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Davlat bojxona qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 19-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Davlat bojxona qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 19 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Давлат божхона қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 19 февраля 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного таможенного комитета
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 19 February 2019 · Ministry and agency documents · Davlat bojxona qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Давлат божхона қўмитасининг
қарори
«Божхона иши соҳасида қўлланиладиган айрим ҳужжатлар ва ҳисоботлар шаклларини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорга ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 5 февралдаги ПҚ-4160-сон «Жаҳон банки ва халқаро молия корпорациясининг «Бизнес юритиш» йиллик ҳисоботида Ўзбекистон Республикасининг рейтингини яхшилашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Давлат божхона қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат божхона қўмитасининг 2016 йил 30 мартдаги 02/12-19-сон «Божхона иши соҳасида қўлланиладиган айрим ҳужжатлар ва ҳисоботлар шаклларини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорининг (рўйхат рақами 2778, 2016 йил 12 апрель) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 15-сон, 155-модда) 22 ― 24-иловаларидаги «, муҳр» деган сўз чиқариб ташлансин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Раис М. АЗИМОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 19 февраль,
01-02/12-12-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda) 22 ― 24-ilovalaridagi “, muhr” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-fevral,
01-02/12-12-son