📅 2019-yil 18-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 18-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 18 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Туризмни ривожлантириш давлат қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 18 февраля 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета по развитию туризма
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 18 February 2019 · Ministry and agency documents · Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Туризмни ривожлантириш давлат қўмитасининг
қарори
ТАРТИБИ
Туристик йўлланма ( ваучер )нинг намунавий шаклини тасдиқлаш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси «Туризм тўғрисида»ги Қонунининг 13-моддасига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Туризмни ривожлантириш давлат қўмитаси қарор қилади:
1. Туристик йўлланма (ваучер)нинг намунавий шакли иловага мувофиқ тасдиқлансин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Туризмни ривожлантириш давлат қўмитасининг 2019 йил 18 февралдаги 01-мҳ-сон қарорига ИЛОВА
Туристик йўлланма (ваучер)нинг намунавий шаклига ИЛОВА
Туристик йўлланма ( ваучер )нинг тўлдириш
1. Туристик йўлланма (ваучер) (бундан буён матнда ваучер деб юритилади) белгиланган тартибда рўйхатга олинган ва туристик хизматлар кўрсатиш билан боғлиқ фаолиятни амалга ошириш учун лицензияси бўлган корхоналар, муассасалар, ташкилотлар (бундан буён матнда туристик фаолият субъекти деб юритилади) томонидан туристга (туристлар гуруҳига) берилади.
2. Ваучерда қуйидаги маълумотлар кўрсатилади:
а) Turistik yo`llanma (voucher) — туристик фаолият субъекти томонидан юритиладиган реестрга мувофиқ бериладиган ваучернинг тартиб рақами;
б) Tashkilot nomi (company name) — Ўзбекистон Республикаси ҳудудида туризм хизматларини кўрсатувчи туристик фаолият субъектининг номи ;
в) Litsenziya (licence) — туристик фаолият субъектига туристик фаолиятни амалга ошириш учун берилган лицензиянинг рақами ва санаси ;
г) Tashkilot rekvizitlari (company requisites) — туристик фаолият субъекти тўғрисидаги маълумотлар (манзили, алоқа маълумотлари ва бошқалар);
д) Sotuv boʻyicha agent (sales agent) — туристик хизматлар туризм агентлиги томонидан кўрсатилганда туризм агентлиги тўғрисида маълумотлар кўрсатилади;
е) Tel / — алоқа рақами, турист томонидан туристик фаолият субъекти ёки туризм агентлиги билан боғланиш мумкин бўлган телефон рақами;
ж) Yakka tartibda (individual) — ваучерда кўзда тутилган хизмат якка туристга кўрсатиладиган ҳолатда белгиланади;
з) Guruh (group) — ваучерда кўзда тутилган хизмат туристлар гуруҳига кўрсатиладиган ҳолатда белгиланади;
и) Xizmat koʼrsatuvchi tashkilot (service is provided by) — туристга (туристлар гуруҳига) ваучерда кўзда тутилган хизматни кўрсатувчи тадбиркорлик субъектининг номи;
к) Turist ismi/Guruh nomi (tourist name/group name) — туристнинг фамилияси, исми, отасининг исми ёки туристлар гуруҳининг номи . Туристлар гуруҳининг номи гуруҳ сардори фамилияси билан ва туристлар сони кўрсатилган ҳолда шакллантирилади;
л) Mamlakat (country) — турист (туристлар гуруҳи) доимий истиқомат қилувчи давлат номи. Туристлар гуруҳи турли давлатларда истиқомат қиладиган ҳолларда туристлар гуруҳининг асосий қисми истиқомат қиладиган давлат номи кўрсатилади;
м) Turistlarning umumiy soni (total quantity of tourists) — ваучер бўйича хизмат кўрсатиладиган туристларнинг умумий сони;
н) Kelish sanasi (date of arrival) — туристга (туристлар гуруҳига) ваучер бўйича хизмат кўрсатиш бошланган сана (кун-ой-йил);
о) Ketish sanasi (date of departure) — туристга (туристлар гуруҳига) ваучер бўйича хизмат кўрсатиш тугатилган сана (кун-ой-йил);
п) Boʻlish kunlar soni (duration of stay) — туристнинг (туристлар гуруҳининг) Ўзбекистон Республикасида бўлиш кунларининг умумий сони;
р) Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (list of services to be provided) — ваучер бўйича кўрсатиладиган хизматлар рўйхати ( жойлаштириш, овқатланиш, транспорт, экскурсия ва бошқалар );
с) Izoh (notes) — изоҳ (хизмат кўрсатиш шартлари);
т) Berilgan vaqti (date of issue) — ваучер берилган сана;
у) Imzo (signature) — туристик фаолият субъектининг раҳбари ёки имзо қўйиш ҳуқуқига эга бўлган бошқа ваколатли шахснинг имзоси.
3. Ваучер туристик фаолият субъекти ҳамда турист (туристлар гуруҳи) томонидан туристик хизматлар кўрсатиш бўйича тузилган шартноманинг асосий қисми ҳисобланади.
4. Ваучер қўлда (тушунарли ёзувда) ёки компьютер техникасидан фойдаланган ҳолда туристга (туристлар гуруҳига) ўзбек ёки инглиз тилида расмийлаштирилиб берилади.
5. Тўлдирилган ваучер туристик фаолият субъекти раҳбари ёки имзо қўйиш ҳуқуқига эга бўлган бошқа ваколатли шахс томонидан имзоланиб туристга (туристлар гуруҳига) тақдим қилинади.
6. Расмийлаштирилган ваучерга тузатишлар киритилишига йўл қўйилмайди. Тузатиш киритилган ваучер ҳақиқий эмас деб ҳисобланади.
Ваучерга ўзгартириш киритиш фақат турист (туристлар гуруҳи) ва хизмат кўрсатувчи ташкилот розилиги билан амалга оширилади.
7. Турист хизмат кўрсатиш жойига етиб келгач, унга берилган ваучерни хизмат кўрсатувчи ташкилотга топширади.
8. Туристик фаолият субъекти ўзи томонидан берилган ваучерларнинг реестрини юритади.
9. Ваучернинг тўғри тўлдирилишига туристик фаолият субъекти раҳбари ёки имзо қўйиш ҳуқуқига эга бўлган бошқа ваколатли шахс жавобгар ҳисобланади.
Раис в.в.б A. АҚҚУЛОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 18 февраль,
01-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
qarori
TARTIBI
Turistik yoʻllanma ( vaucher )ning namunaviy shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 18-fevraldagi 01-mh-son qaroriga ILOVA
Turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakliga ILOVA
Turistik yoʻllanma ( vaucher )ning toʻldirish
1. Turistik yoʻllanma (vaucher) (bundan buyon matnda vaucher deb yuritiladi) belgilangan tartibda roʻyxatga olingan va turistik xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda turistik faoliyat subyekti deb yuritiladi) tomonidan turistga (turistlar guruhiga) beriladi.
2. Vaucherda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) Turistik yo`llanma (voucher) — turistik faoliyat subyekti tomonidan yuritiladigan reyestrga muvofiq beriladigan vaucherning tartib raqami;
b) Tashkilot nomi (company name) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi turistik faoliyat subyektining nomi ;
v) Litsenziya (licence) — turistik faoliyat subyektiga turistik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi ;
g) Tashkilot rekvizitlari (company requisites) — turistik faoliyat subyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (manzili, aloqa maʼlumotlari va boshqalar);
d) Sotuv boʻyicha agent (sales agent) — turistik xizmatlar turizm agentligi tomonidan koʻrsatilganda turizm agentligi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi;
e) Tel / — aloqa raqami, turist tomonidan turistik faoliyat subyekti yoki turizm agentligi bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan telefon raqami;
j) Yakka tartibda (individual) — vaucherda koʻzda tutilgan xizmat yakka turistga koʻrsatiladigan holatda belgilanadi;
z) Guruh (group) — vaucherda koʻzda tutilgan xizmat turistlar guruhiga koʻrsatiladigan holatda belgilanadi;
i) Xizmat koʼrsatuvchi tashkilot (service is provided by) — turistga (turistlar guruhiga) vaucherda koʻzda tutilgan xizmatni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektining nomi;
k) Turist ismi/Guruh nomi (tourist name/group name) — turistning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turistlar guruhining nomi . Turistlar guruhining nomi guruh sardori familiyasi bilan va turistlar soni koʻrsatilgan holda shakllantiriladi;
l) Mamlakat (country) — turist (turistlar guruhi) doimiy istiqomat qiluvchi davlat nomi. Turistlar guruhi turli davlatlarda istiqomat qiladigan hollarda turistlar guruhining asosiy qismi istiqomat qiladigan davlat nomi koʻrsatiladi;
m) Turistlarning umumiy soni (total quantity of tourists) — vaucher boʻyicha xizmat koʻrsatiladigan turistlarning umumiy soni;
n) Kelish sanasi (date of arrival) — turistga (turistlar guruhiga) vaucher boʻyicha xizmat koʻrsatish boshlangan sana (kun-oy-yil);
o) Ketish sanasi (date of departure) — turistga (turistlar guruhiga) vaucher boʻyicha xizmat koʻrsatish tugatilgan sana (kun-oy-yil);
p) Boʻlish kunlar soni (duration of stay) — turistning (turistlar guruhining) Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish kunlarining umumiy soni;
r) Koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (list of services to be provided) — vaucher boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati ( joylashtirish, ovqatlanish, transport, ekskursiya va boshqalar );
s) Izoh (notes) — izoh (xizmat koʻrsatish shartlari);
t) Berilgan vaqti (date of issue) — vaucher berilgan sana;
u) Imzo (signature) — turistik faoliyat subyektining rahbari yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan boshqa vakolatli shaxsning imzosi.
3. Vaucher turistik faoliyat subyekti hamda turist (turistlar guruhi) tomonidan turistik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaning asosiy qismi hisoblanadi.
4. Vaucher qoʻlda (tushunarli yozuvda) yoki kompyuter texnikasidan foydalangan holda turistga (turistlar guruhiga) oʻzbek yoki ingliz tilida rasmiylashtirilib beriladi.
5. Toʻldirilgan vaucher turistik faoliyat subyekti rahbari yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan boshqa vakolatli shaxs tomonidan imzolanib turistga (turistlar guruhiga) taqdim qilinadi.
6. Rasmiylashtirilgan vaucherga tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tuzatish kiritilgan vaucher haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Vaucherga oʻzgartirish kiritish faqat turist (turistlar guruhi) va xizmat koʻrsatuvchi tashkilot roziligi bilan amalga oshiriladi.
7. Turist xizmat koʻrsatish joyiga yetib kelgach, unga berilgan vaucherni xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga topshiradi.
8. Turistik faoliyat subyekti oʻzi tomonidan berilgan vaucherlarning reyestrini yuritadi.
9. Vaucherning toʻgʻri toʻldirilishiga turistik faoliyat subyekti rahbari yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan boshqa vakolatli shaxs javobgar hisoblanadi.
Rais v.v.b A. AQQULOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
01-mh-son