📅 2019-yil 25-mart · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 25-mart · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 25 март · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Давлат статистика қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 25 марта 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства занятости и трудовых отношений Государственного комитета по статистике
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 25 March 2019 · Ministry and agency documents · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитасининг
Қарори
«Янгидан ташкил этилган иш ўринлари бўйича тезкор маълумотлар ва давлат статистика ҳисоботларининг ўзаро мувофиқлигини таъминлаш ҳамда уларнинг ҳаққонийлигини танлов асосида ўрганиш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорини ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 5 мартдаги ПҚ-4227-сон «2019 йилда аҳоли бандлигини таъминлаш ва янги иш ўринларини ташкил этиш бўйича давлат буюртмаси тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ва Давлат статистика қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги ва Давлат статистика қўмитасининг 2013 йил 1 майдаги 26, 3қ-2013-сон «Янгидан ташкил этилган иш ўринлари бўйича тезкор маълумотлар ва давлат статистика ҳисоботларининг ўзаро мувофиқлигини таъминлаш ҳамда уларнинг ҳаққонийлигини танлов асосида ўрганиш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 2474, 2013 йил 27 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 26-сон, 345-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Ш. КУДБИЕВ
Давлат статистика қўмитаси раиси Б. БЕГАЛОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 25 март,
Тошкент ш.,
2019 йил 25 март,
13-2019-қ/қ-сон
2-мб-сон
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 1-maydagi 26, 3q-2013-son “Yangidan tashkil etilgan ish oʻrinlari boʻyicha tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash hamda ularning haqqoniyligini tanlov asosida oʻrganish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2474, 2013-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 345-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
13-2019-q/q-son
2-mb-son