📅 2019-yil 6-may · Vazirlar Mahkamasi qarorlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 6-may · Vazirlar Mahkamasi qarorlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 6 май · Вазирлар Маҳкамаси қарорлари
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 6 мая 2019 г. · Постановления Кабинета Министров
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 6 May 2019 · Cabinet of Ministers resolutions
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг
қарори
Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлиги ҳайъатининг аъзолари таркибини тасдиқлаш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикаси ёқилғи-энергетика тармоғини бошқариш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2019 йил 1 февралдаги ПФ-5646-сон Фармони ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида» 2019 йил 1 февралдаги ПҚ-4142-сон қарорига мувофиқ Вазирлар Маҳкамаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлиги ҳайъати аъзоларининг сони 11 (ўн бир) нафардан иборат бўлиши белгилаб қўйилсин.
2. Ўзбекистон Республикаси Энергетика вазирлигининг ҳайъати қуйидаги таркибда тасдиқлансин:
1. Султанов Алишер Саидаббасович — вазир 2. Мирзамахмудов Жўрабек Турсунпулатович — вазирнинг биринчи ўринбосари — «Ўзатом» агентлиги бош директори 3. Ходжаев Шерзод Хикматуллаевич — вазир ўринбосари 4. Лавозимига кўра — вазир ўринбосари 5. Агзамов Нодир Тахирович — Нефть маҳсулотлари ва газдан фойдаланишни назорат қилиш инспекцияси бошлиғи 6. Эгамбердиев Умаржон Усмоналиевич — Электр энергетикада назорат инспекцияси бошлиғи 7. Мамадалиев Равшанбек Маматкадирович — Давлат томонидан тартибга солиш бош бошқармаси бошлиғи 8. Ахунов Озод Одилович — Ишлаб чиқариш қувватларини мувофиқлаштириш бошқармаси бошлиғи 9. Мухутдинов Нодир Убайдуллаевич — Геология, нефть ва газ қазиб олиш бошқармаси бошлиғи 10. Сайдахмедов Сардорбек Игамбердиевич — Нефть ва газни қайта ишлаш ва транспортировка қилиш бошқармаси бошлиғи 11. Ташкентбаев Ибрагим Эргашевич — Атом энергетикасини ривожлантириш бошқармаси бошлиғи
3. Мазкур қарорнинг бажарилишини назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси энергетика вазири А.С. Султанов зиммасига юклансин.
Ўзбекистон Республикасининг Бош вазири А. АРИПОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 6 май,
377-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hayʼatining aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 11 (oʻn bir) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Sultanov Alisher Saidabbasovich — vazir 2. Mirzamaxmudov Joʻrabek Tursunpulatovich — vazirning birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori 3. Xodjayev Sherzod Xikmatullayevich — vazir oʻrinbosari 4. Lavozimiga koʻra — vazir oʻrinbosari 5. Agzamov Nodir Taxirovich — Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi 6. Egamberdiyev Umarjon Usmonaliyevich — Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshligʻi 7. Mamadaliyev Ravshanbek Mamatkadirovich — Davlat tomonidan tartibga solish bosh boshqarmasi boshligʻi 8. Axunov Ozod Odilovich — Ishlab chiqarish quvvatlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi 9. Muxutdinov Nodir Ubaydullayevich — Geologiya, neft va gaz qazib olish boshqarmasi boshligʻi 10. Saydaxmedov Sardorbek Igamberdiyevich — Neft va gazni qayta ishlash va transportirovka qilish boshqarmasi boshligʻi 11. Tashkentbayev Ibragim Ergashevich — Atom energetikasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-may,
377-son