📅 2019-yil 15-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 15-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 15 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Адлия вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 15 августа 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министр юстиции
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 15 August 2019 · Ministry and agency documents · Adliya vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг
буйруғи
Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни давлат реестридан чиқариш тўғрисида
Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатни давлат реестридан чиқариш бўйича 2019 йил 15 августдаги хулосага мувофиқ ҳамда Ўзбекистон Республикасининг «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги Қонуни , Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 13 апрелдаги ПҚ-3666-сон «Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги фаолиятини янада такомиллаштиришга доир ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарори , Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 9 октябрдаги 469-сон «Вазирликлар, давлат қўмиталари ва идоралар меъёрий ҳужжатларининг қонунийлигини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига асосан, буюраман:
1. Давлат қисқа муддатли облигациялари чиқарилишлари билан ишлаш ва уларни муомалада бўлиши тўғрисида низомни (рўйхат рақами 552, 1998 йил 30 ноябрь) Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг давлат реестридан чиқариш юзасидан Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг 2019 йил 7 августдаги 17-25/367-сон хати маълумот учун қабул қилинсин.
2. Қуйидагилар Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг давлат реестридан чиқарилсин:
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқаруви томонидан 1998 йил 9 ноябрда 218-сон билан тасдиқланган Давлат қисқа муддатли облигациялари чиқарилишлари билан ишлаш ва уларни муомалада бўлиши тўғрисида низом (рўйхат рақами 552, 1998 йил 30 ноябрь);
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқаруви томонидан 1999 йил 20 ноябрда 218-1-сон билан тасдиқланган Давлат қисқа муддатли облигациялари чиқарилишлари билан ишлаш ва уларнинг муомалада бўлиши тўғрисидаги низомга 1-сон ўзгартириш ва қўшимчалар (рўйхат рақами 552-1, 2000 йил 11 май);
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2013 йил 16 декабрдаги 218-2-сон «Давлат қисқа муддатли облигациялари чиқарилишлари билан ишлаш ва уларни муомалада бўлиши тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 552-2, 2013 йил 26 декабрь);
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2015 йил 28 декабрдаги 35/7-сон «Давлат қисқа муддатли облигациялари чиқарилишлари билан ишлаш ва уларни муомалада бўлиши тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 552-3, 2016 йил 5 февраль);
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2017 йил 26 сентябрдаги 21/9-сон «Давлат қисқа муддатли облигациялари чиқарилишлари билан ишлаш ва уларни муомалада бўлиши тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 552-4, 2017 йил 26 сентябрь).
3. Мазкур буйруқ давлат рўйхатидан ўтказилсин ва бу ҳақда Идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг давлат реестрига тегишли ёзув киритилсин.
4. Қонун ҳужжатларини таҳлил қилиш ва туркумлаш бошқармаси ушбу идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатни «Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами» ― «Собрание законодательства Республики Узбекистан»да ҳамда Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасида эълон қилинишини таъминласин.
5. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Вазир Р. ДАВЛЕТОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 15 август,
341-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 15-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisida nizomni (roʻyxat raqami 552, 1998-yil 30-noyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 218-son bilan tasdiqlangan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 552, 1998-yil 30-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-noyabrda 218-1-son bilan tasdiqlangan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularning muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga 1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 552-1, 2000-yil 11-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-dekabrdagi 218-2-son “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 552-2, 2013-yil 26-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/7-son “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 552-3, 2016-yil 5-fevral);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-sentabrdagi 21/9-son “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 552-4, 2017-yil 26-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-avgust,
341-mh-son