📅 2019-yil 9-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi moliya vazirligi transport vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 9-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi moliya vazirligi transport vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 9 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги молия вазирлиги транспорт вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 9 августа 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства занятости и трудовых отношений Министерства финансов Министерства транспорта
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 9 August 2019 · Ministry and agency documents · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi moliya vazirligi transport vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ БАНДЛИК ВА МЕҲНАТ МУНОСАБАТЛАРИ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МОЛИЯ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТРАНСПОРТ ВАЗИРЛИГИНИНГ
Қарори
Автомобиль транспорти ҳайдовчилари меҳнатига ҳақ тўлашнинг умумий шартлари тўғрисидаги низомнинг 1-иловасига ўзгартириш киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 16 июлдаги 538-сон « Ўз кучини йўқотаётган умуммажбурий идоравий ҳужжатларнинг ўрнига янги норматив-ҳуқуқий ва бошқа ҳужжатларни тайёрлаш бўйича чора-тадбирлар режасини тасдиқлаш тўғрисида »ги ҳамда 2003 йил 2 декабрдаги 537-сон « Аҳолига шошилинч тиббий ёрдам хизматини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида »ги қарорларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Молия вазирлиги ва Транспорт вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Молия вазирлиги ва Ўзбекистон автомобиль транспорти агентлигининг 2019 йил 22 январдаги 2-2019/ҚҚ-сон, 9-сон ва 1/103-сон қарори (рўйхат рақами 3130, 2019 йил 23 январь) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.01.2019 й., 10/19/3130/2539-сон) билан тасдиқланган Автомобиль транспорти ҳайдовчилари меҳнатига ҳақ тўлашнинг умумий шартлари тўғрисидаги низомнинг 1-иловаси мазкур қарорнинг иловасига мувофиқ таҳрирда баён этилсин.
2. Мазкур қарор Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Молия вазирлиги ҳамда Транспорт вазирлигининг 2019 йил 9 августдаги 33-2019-ҚҚ-сон, 91-сон, 5-сон қарорига ИЛОВА
«Автомобиль транспорти ҳайдовчилари меҳнатига ҳақ тўлашнинг умумий шартлари тўғрисидаги низомга 1-ИЛОВА
Ташкилотлар ҳайдовчиларининг (юк автомобиллари ҳайдовчиларидан ташқари) меҳнатга ҳақ тўлаш бўйича Меҳнатга ҳақ тўлаш ягона тариф сеткаси бўйича разрядлар
Автомобиль синфи Енгил автомобил двигателининг литрдаги иш ҳажми; автобуснинг габарит узунлиги, метрда (автомобилнинг техник паспорти бўйича) Ягона тариф сеткаси бўйича разрядлар Умумий Тиббий хизмат автомобиллари; махсус овоз ва чироқ сигналлари билан жиҳозланган автомобиллар 1. Енгил автомобиллар Ўта кичик ва кичик 1,8 литргача 1 2* Ўртача 1,8 литрдан 3,5 литргача 2 3* Катта 3,5 литрдан ортиқ 3 4* 2. Автобуслар Ўта кичик 5 метргача 2 3* Кичик 5 метрдан 7,5 метргача 3 4* Ўрта 7,5 метрдан 9,5 метргача 4 5* Катта 9,5 метрдан 11 метргача 5 6* 11 метрдан 15 метргача 6 7* 15 метрдан ортиқ 7 3. Мотоцикллар, мотороллерлар ҳамда бошқа икки ва уч ғилдиракли мотовоситалар Ҳар қандай синфдаги - 1 -
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Ш. КУДБИЕВ
Молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Транспорт вазири А. РАМАТОВ
Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазири А. ШАДМАНОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 9 август,
Тошкент ш.,
2019 йил 9 август,
Тошкент ш.,
2019 йил 9 август,
2019 йил 9 август
33-2019-ҚҚ-сон
91-сон
5-сон
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGINING
Qarori
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 538-son “ Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi hamda 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son “ Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ-son, 9-son va 1/103-son qarori (roʻyxat raqami 3130, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3130/2539-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Transport vazirligining 2019-yil 9-avgustdagi 33-2019-QQ-son, 91-son, 5-son qaroriga ILOVA
“Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar
Avtomobil sinfi Yengil avtomobil dvigatelining litrdagi ish hajmi; avtobusning gabarit uzunligi, metrda (avtomobilning texnik pasporti boʻyicha) Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar Umumiy Tibbiy xizmat avtomobillari; maxsus ovoz va chiroq signallari bilan jihozlangan avtomobillar 1. Yengil avtomobillar Oʻta kichik va kichik 1,8 litrgacha 1 2* Oʻrtacha 1,8 litrdan 3,5 litrgacha 2 3* Katta 3,5 litrdan ortiq 3 4* 2. Avtobuslar Oʻta kichik 5 metrgacha 2 3* Kichik 5 metrdan 7,5 metrgacha 3 4* Oʻrta 7,5 metrdan 9,5 metrgacha 4 5* Katta 9,5 metrdan 11 metrgacha 5 6* 11 metrdan 15 metrgacha 6 7* 15 metrdan ortiq 7 3. Mototsikllar, motorollerlar hamda boshqa ikki va uch gʻildirakli motovositalar Har qanday sinfdagi - 1 -
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Transport vaziri A. RAMATOV
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
2019-yil 9-avgust
33-2019-QQ-son
91-son
5-son