📅 2019-yil 19-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 19-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 19 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 19 августа 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министр по развитию информационных технологий и коммуникаций
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 19 August 2019 · Ministry and agency documents · Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирининг
буйруғи
Ўзбекистон Республикасида рақамли телевидение хизматларини кўрсатиш қоидаларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикасида рақамли телевидение хизматларидан фойдаланишни расмийлаштириш тартибини соддалаштириш мақсадида, буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг 2016 йил 10 майдаги 143-мҳ-сон буйруғи (рўйхат рақами 2794, 2016 йил 7 июнь) билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикасида рақамли телевидение хизматларини кўрсатиш қоидаларига иловага мувофиқ ўзгартириш ва қўшимчалар киритилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирининг 2019 йил 19 августдаги 202-мҳ-сон буйруғига ИЛОВА
Ўзбекистон Республикасида рақамли телевидение хизматларини кўрсатиш қоидаларига киритилаётган ўзгартириш ва қўшимчалар
1. 1-бандда :
иккинчи хатбоши қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«абонент — рақамли телевидение хизматлари кўрсатилиши учун провайдер билан ёки унинг дилери орқали шартнома тузган юридик ёки жисмоний шахс;»;
бешинчи хатбоши оператор деган сўздан кейин «ёки провайдер» деган сўзлар билан тўлдирилсин.
2. 8-бандда :
иккинчи ва учинчи хатбошилари қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«фамилияси, исми ва шарифи (жисмоний шахслар учун);
номи, манзили, юридик манзили, давлат рўйхатидан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳнома рақами, СТИР (юридик шахслар учун);»;
бешинчи хатбоши «электрон почта манзили» деган сўзлардан кейин « — агар мавжуд бўлса» деган сўзлар билан тўлдирилсин.
3. 11-банд қуйидаги мазмундаги хатбоши билан тўлдирилсин:
«Жисмоний шахснинг талаби бўйича провайдер ёки дилер вакиллари унинг яшаш жойига бориб рақамли телевидение хизматларини кўрсатиш шартномасини тузиши мумкин.».
4. 15-банд қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«15. Рақамли телевидение хизматларини кўрсатиш учун шартнома оператор ва провайдер лицензиясининг амал қилиш муддатидан ортиқ бўлмаган муддатга расмийлаштирилади. Оператор ва провайдер лицензиясининг амал қилиш муддати узайтирилганда шартнома лицензиянинг янгидан белгиланган амал қилиш муддатигача узайтирилган деб ҳисобланади.».
5. 23-банд қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«23. Абонент рақамли телевидение хизматларини кўрсатиш шартномаси тузилган ва танланган тариф режасига мувофиқ тўловни амалга оширган кундан бошлаб икки иш куни мобайнида ёки абонентнинг хоҳишига кўра ундан кўпроқ муддатда провайдер томонидан активация қилинади ва рақамли телевидение тармоғига уланади.».
6. Ушбу ўзгартириш ва қўшимчалар Ўзбекистон Республикаси Монополияга қарши курашиш қўмитаси ва Ўзбекистон миллий телерадиокомпанияси билан келишилган.
Вазир Ш. САДИКОВ
Ўзбекистон Республикаси Монополияга қарши курашиш қўмитаси раиси Н. ШАРИПОВ
Ўзбекистон миллий телерадиокомпанияси раиси в.б. А. ХАДЖАЕВ
Тошкент ш.,
2019 йил 19 август,
2019 йил 9 август
2019 йил 9 август
202-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanishni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 10-maydagi 143-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794, 2016-yil 7-iyun) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda :
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“abonent — raqamli televideniye xizmatlari koʻrsatilishi uchun provayder bilan yoki uning dileri orqali shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;”;
beshinchi xatboshi operator degan soʻzdan keyin “yoki provayder” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 8-bandda :
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“familiyasi, ismi va sharifi (jismoniy shaxslar uchun);
nomi, manzili, yuridik manzili, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);”;
beshinchi xatboshi “elektron pochta manzili” degan soʻzlardan keyin “ — agar mavjud boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxsning talabi boʻyicha provayder yoki diler vakillari uning yashash joyiga borib raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishi mumkin.”.
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga rasmiylashtiriladi. Operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddati uzaytirilganda shartnoma litsenziyaning yangidan belgilangan amal qilish muddatigacha uzaytirilgan deb hisoblanadi.”.
5. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Abonent raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi tuzilgan va tanlangan tarif rejasiga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yoki abonentning xohishiga koʻra undan koʻproq muddatda provayder tomonidan aktivatsiya qilinadi va raqamli televideniye tarmogʻiga ulanadi.”.
6. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Vazir Sh. SADIKOV
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A. XADJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
2019-yil 9-avgust
2019-yil 9-avgust
202-mh-son