📅 2019-yil 27-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi Adliya vazirligi Bosh prokuraturasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 27-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi Adliya vazirligi Bosh prokuraturasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 27 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Молия вазирлиги Адлия вазирлиги Бош прокуратураси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 27 августа 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства труда и социальной защиты населения Министерства финансов Министерства юстиции Генеральной прокуратуры
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 27 August 2019 · Ministry and agency documents · Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi Adliya vazirligi Bosh prokuraturasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасининг
Қарори
«Прокуратура органлари, судлар, ФҲДЁ ва давлат нотариал идораларининг хизмат кўрсатувчи ва техник ходимлар лавозимларининг меъёрлари ва уларни киритиш шартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 13 апрелдаги ПҚ-3666-сон «Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги фаолиятини янада такомиллаштиришга доир ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Молия вазирлиги, Адлия вазирлиги ҳамда Бош прокуратураси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги, Молия вазирлиги, Адлия вазирлиги ва Бош прокуратурасининг 2014 йил 12 августдаги 16-Қ/Қ, 4, 5, 17-Қ/Қ-сон «Прокуратура органлари, судлар, ФҲДЁ ва давлат нотариал идораларининг хизмат кўрсатувчи ва техник ходимлар лавозимларининг меъёрлари ва уларни киритиш шартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорига (рўйхат рақами 2609, 2014 йил 13 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 33-сон, 426-модда) иловага мувофиқ ўзгартириш ва қўшимчалар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Молия вазирлиги, Адлия вазирлиги ва Бош прокуратурасининг 2019 йил 27 августдаги 36-2019-Қ/Қ, 95, 7, 38-сон қарорига ИЛОВА
«Прокуратура органлари, судлар, ФҲДЁ ва давлат нотариал идораларининг хизмат кўрсатувчи ва техник ходимлар лавозимларининг меъёрлари ва уларни киритиш шартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорга киритилаётган ўзгартириш ва қўшимчалар
1. Номи ва 1-банд «Прокуратура» деган сўздан кейин «ва адлия» деган сўзлар билан тўлдирилсин.
2. Иловада :
а) номи «Прокуратура» деган сўздан кейин «ва адлия» деган сўзлар билан тўлдирилсин;
б) «Хизмат кўрсатувчи ходимлар» бўлимининг 4-бандидаги «Прокуратура» деган сўз «Прокуратура ва адлия» деган сўзлар билан алмаштирилсин;
в) «Техник ходимлар» бўлими қуйидаги мазмундаги 3 1 ва 3 2 -бандлар билан тўлдирилсин:
« 3 1 . Адлия органларида I ва II тоифали иш юритувчи котиб Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги марказий аппаратининг ҳар бир таркибий тузилмасига 1 нафар ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси Адлия вазирлиги, вилоятлар ва Тошкент шаҳар адлия бошқармалари учун 1 нафардан ходим 3 2 . Раҳбар котиби Республика миқёсидаги ҳар бир ташкилот раҳбари ва унинг ўринбосарлари учун 1 нафардан, Қорақалпоғистон Республикаси Адлия вазирлиги, вилоятлар ва Тошкент шаҳар адлия бошқармалари бошлиқлари учун 1 нафар ходим » .
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Ш. КУДБИЕВ
Молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Адлия вазири Р. ДАВЛЕТОВ
Бош прокурор Н. ЙЎЛДОШЕВ
Тошкент ш.,
2019 йил 27 август,
Тошкент ш.,
2019 йил 27 август,
Тошкент ш.,
2019 йил 27 август,
Тошкент ш.,
2019 йил 27 август,
36-2019-Қ/Қ-сон
95-сон
7-сон
38-сон
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Qarori
“Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasining 2014-yil 12-avgustdagi 16-Q/Q, 4, 5, 17-Q/Q-son “Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2609, 2014-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 426-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasining 2019-yil 27-avgustdagi 36-2019-Q/Q, 95, 7, 38-son qaroriga ILOVA
“Prokuratura organlari, sudlar, FHDY va davlat notarial idoralarining xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlarining meʼyorlari va ularni kiritish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va 1-band “Prokuratura” degan soʻzdan keyin “va adliya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Ilovada :
a) nomi “Prokuratura” degan soʻzdan keyin “va adliya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) “Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar” boʻlimining 4-bandidagi “Prokuratura” degan soʻz “Prokuratura va adliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) “Texnik xodimlar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 3 1 va 3 2 -bandlar bilan toʻldirilsin:
“ 3 1 . Adliya organlarida I va II toifali ish yurituvchi kotib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining har bir tarkibiy tuzilmasiga 1 nafar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari uchun 1 nafardan xodim 3 2 . Rahbar kotibi Respublika miqyosidagi har bir tashkilot rahbari va uning oʻrinbosarlari uchun 1 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari uchun 1 nafar xodim ” .
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
36-2019-Q/Q-son
95-son
7-son
38-son