📅 2019-yil 30-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 30-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 30 сентябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 30 сентября 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета промышленной безопасности
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 30 September 2019 · Ministry and agency documents · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасининг
Қарори
Юк кўтаргич (минора)ларни ўрнатиш ва улардан фойдаланишда хавфсизлик қоидаларига ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 12 декабрдаги ПФ-5594-сон «Саноат, радиация ва ядро хавфсизлиги соҳасида давлат бошқаруви ва назорати тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармони ва 2018 йил 12 декабрдаги ПҚ-4058-сон «Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ер қаърини геологик ўрганиш, саноатда, кончиликда ва коммунал-маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғининг 2011 йил 30 ноябрдаги 268-сон буйруғи (рўйхат рақами 2313, 2012 йил 12 январь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 2-сон, 23-модда) билан тасдиқланган Юк кўтаргич (минора)ларни ўрнатиш ва улардан фойдаланишда хавфсизлик қоидаларига иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 20/ЮБ-41-сон қарорига ИЛОВА
Юк кўтаргич (минора)ларни ўрнатиш ва улардан фойдаланишда хавфсизлик қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар
1. 10-банд қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«10. Ташкилотларда меҳнат фаолияти билан боғлиқ равишда содир бўлган бахтсиз ҳодисалар ва бошқа жароҳатланишларни текшириш ва ҳисобини юритиш Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 6 июндаги 286-сон қарори билан тасдиқланган Ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисаларни ва ходимлар саломатлигининг меҳнат вазифаларини бажариш билан боғлиқ бошқа хил зарарланишини текшириш ва ҳисобга олиш тўғрисидаги низомга мувофиқ амалга оширилиши лозим.».
2. 31-банд ўз кучини йўқотган деб топилсин.
3. 130-банддаги «Саноатгеоконтехназорат» давлат инспекциясида» деган сўзлар «Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасида» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Раис в.б. Б. ГУЛЯМОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 30 сентябрь,
20/ЮБ-41-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
Yuk koʻtargich (minora)larni oʻrnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 30-noyabrdagi 268-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2313, 2012-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Yuk koʻtargich (minora)larni oʻrnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 30-sentabrdagi 20/YuB-41-son qaroriga ILOVA
Yuk koʻtargich (minora)larni oʻrnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2. 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 130-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Rais v.b. B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
20/YuB-41-son