📅 2019-yil 30-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 30-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 30 сентябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 30 сентября 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета промышленной безопасности
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 30 September 2019 · Ministry and agency documents · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасининг
Қарори
Хавфли ишлаб чиқариш объектларидаги аварияларни техник жиҳатдан текшириш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 12 декабрдаги ПФ-5594-сон «Саноат, радиация ва ядро хавфсизлиги соҳасида давлат бошқаруви ва назорати тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармони ва 2018 йил 12 декабрдаги ПҚ-4058-сон «Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ер қаърини геологик ўрганиш, саноатда, кончиликда ва коммунал-маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғининг 2014 йил 9 январдаги 5-сон буйруғи (рўйхат рақами 2558, 2014 йил 3 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 6-сон, 69-модда) билан тасдиқланган Хавфли ишлаб чиқариш объектларидаги аварияларни техник жиҳатдан текшириш тартиби тўғрисидаги низомга иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 04/ЮБ-39-сон қарорига ИЛОВА
Хавфли ишлаб чиқариш объектларидаги аварияларни техник жиҳатдан текшириш тартиби тўғрисидаги низомга киритилаётган ўзгартиришлар
1. 3-банднинг бешинчи хатбошисидаги «Саноатгеоконтехназорат» давлат инспекцияси ва унинг минтақавий инспекцияларини» деган сўзлар «Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси ва унинг ҳудудий бошқармаларини» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. 6-банд қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«Хавфли ишлаб чиқариш объектидаги авария сабабларини техник жиҳатдан текшириш Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси раисининг буйруғи билан ташкил этиладиган ва давлат қўмитаси вакили бошчилик қиладиган Хавфли ишлаб чиқариш объектидаги авария сабабларини техник жиҳатдан текширувчи комиссия (бундан буён матнда Комиссия деб юритилади) томонидан амалга оширилади.».
3. 10-банддаги «Саноатгеоконтехназорат» давлат инспекцияси бошлиғи» деган сўзлар «Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси раиси» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Раис в.б. Б. ГУЛЯМОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 30 сентябрь,
04/ЮБ-39-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2558, 2014-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 30-sentabrdagi 04/YuB-39-son qaroriga ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan va davlat qoʻmitasi vakili boshchilik qiladigan Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
3. 10-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Rais v.b. B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
04/YuB-39-son