📅 2019-yil 31-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Mudofaa vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 31-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Mudofaa vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 31 октябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Мудофаа вазирлиги Фавқулодда вазиятлар вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 31 октября 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства обороны Министерства по чрезвычайным ситуациям
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 31 October 2019 · Ministry and agency documents · Mudofaa vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг
қарори
«Ҳарбий-техника мутахассисликлари бўйича тайёргарликдан ўтиши лозим бўлган чақирилувчиларни тайёрлаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 9 сентябрдаги 749-сон «Чақирилувчиларни ҳарбий-техника мутахассисликлари бўйича тайёрлаш марказлари фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги ва Фавқулодда вазиятлар вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги ва Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг 2014 йил 24 мартдаги 6 ва 4-сон «Ҳарбий-техника мутахассисликлари бўйича тайёргарликдан ўтиши лозим бўлган чақирилувчиларни тайёрлаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 2575, 2014 йил 16 апрель) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 16-сон, 183-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Ушбу қарор Ўзбекистон Республикаси мудофаасига кўмаклашувчи «Ватанпарвар» ташкилотининг Марказий кенгаши билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилган:
Мудофаа вазири Б. КУРБАНОВ
Фавқулодда вазиятлар вазири в.б. Т. ХУДАЙБЕРГЕНОВ
Ўзбекистон Республикаси мудофаасига кўмаклашувчи «Ватанпарвар» ташкилоти Марказий кенгаши раиси Р. НИЯЗОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 31 октябрь,
Тошкент ш.,
2019 йил 31 октябрь,
2019 йил 31 октябрь
34-сон
28-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
qarori
“Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 749-son “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2014-yil 24-martdagi 6 va 4-son “Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2575, 2014-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 183-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishilgan:
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGENOV
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi R. NIYAZOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-oktabr,
Toshkent sh.,
2019-yil 31-oktabr,
2019-yil 31-oktabr
34-son
28-son