📅 2019-yil 6-dekabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019-yil 6-dekabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2019 йил 6 декабрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Ички ишлар вазирлиги Соғлиқни сақлаш вазирлиги Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 6 декабря 2019 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства внутренних дел Министерства здравоохранения Министерства высшего и среднего специального образования
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 6 December 2019 · Ministry and agency documents · Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг
Қарори
«Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги академик лицейларига ўқишга кираётган ўқувчиларни тиббий кўрикдан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 6 майдаги 374-сон «Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги академик лицейларига ўқувчиларни қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Касб-ҳунар таълими марказининг 2018 йил 12 февралдаги 12, 3, 2/ққ-сон «Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги академик лицейларига ўқишга кираётган ўқувчиларни тиббий кўрикдан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 2982, 2018 йил 15 март) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 16.03.2018 й., 10/18/2982/0901-сон) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ички ишлар вазири П. БОБОЖОНОВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ШАДМАНОВ
Олий ва ўрта махсус таълим вазири И. МАДЖИДОВ
Тошкент ш.,
2019 йил 6 декабрь,
Тошкент ш.,
2019 йил 6 декабрь,
Тошкент ш.,
2019 йил 6 декабрь,
97-сон
103-сон
11-2019-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 12-fevraldagi 12, 3, 2/qq-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2982, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2982/0901-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-dekabr,
Toshkent sh.,
2019-yil 6-dekabr,
Toshkent sh.,
2019-yil 6-dekabr,
97-son
103-son
11-2019-son