📅 2020-yil 17-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 17-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 17 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Молия вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 17 января 2020 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства высшего и среднего специального образования Министерства финансов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 17 January 2020 · Ministry and agency documents · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг
Қарори
Академик лицейларда имтиёзли овқатлантиришни ташкил қилиш ҳамда харажатларини қисман қоплаш учун ота-оналар тўловини тўлаш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 21 майдаги ПФ-5723-сон «Меҳнатга ҳақ тўлаш, пенсиялар ва бошқа тўловлар миқдорларини аниқлаш тартибини такомиллаштириш тўғрисида»ги Фармонига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ва Молия вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Молия вазирлигининг 2018 йил 27 февралдаги 3-2018 ва 33-сон қарори (рўйхат рақами 2993, 2018 йил 5 апрель) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 йил 9 апрель., 14-сон, 290-модда) билан тасдиқланган Академик лицейларда имтиёзли овқатлантиришни ташкил қилиш ҳамда харажатларини қисман қоплаш учун ота-оналар тўловини тўлаш тартиби тўғрисидаги низомга иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ва Молия вазирлигининг 2019 йил 17 январдаги 1-2020 ва 2-сон қарорига ИЛОВА
Академик лицейларда имтиёзли овқатлантиришни ташкил қилиш ҳамда харажатларини қисман қоплаш учун ота-оналар тўловини тўлаш тартиби тўғрисидаги низомга киритилаётган ўзгартиришлар
1. 2-банднинг биринчи ва иккиинчи хатбошиларидаги , 3-банднинг биринчи хатбошисидаги «энг кам ойлик иш ҳақининг» деган сўзлар «базавий ҳисоблаш миқдорининг» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. 11-банддаги «кунлик муддатда» деган сўзлар «иш куни ичида» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Олий ва ўрта махсус таълим вазири И. МАДЖИДОВ
Молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 17 январь,
Тошкент ш.,
2020 йил 17 январь,
1-2020-сон
2-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 3-2018 va 33-son qarori (roʻyxat raqami 2993, 2018-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 9-aprel., 14-son, 290-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 17-yanvardagi 1-2020 va 2-son qaroriga ILOVA
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning birinchi va ikkiinchi xatboshilaridagi , 3-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-banddagi “kunlik muddatda” degan soʻzlar “ish kuni ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-yanvar,
Toshkent sh.,
2020-yil 17-yanvar,
1-2020-son
2-son