📅 2020-yil 27-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Xalq taʼlimi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 27-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Xalq taʼlimi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 27 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Халқ таълими вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 27 января 2020 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства народного образования
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 27 January 2020 · Ministry and agency documents · Xalq taʼlimi vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирИНИНГ
буйруғи
Ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга қўшимча киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 24 декабрдаги 1028-сон «Нодавлат таълим ташкилотлари фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазирининг 2015 йил 2 июндаги 13-мҳ-сон буйруғи (рўйхат рақами 2684, 2015 йил 17 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2015 й., 24-сон, 319-модда) билан тасдиқланган Ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом қуйидаги мазмундаги 16 1 -банд билан тўлдирилсин:
«16 1 . Нодавлат умумтаълим ташкилотидан ўқишини давлат умумтаълим муассасасига кўчирган ўқувчиларнинг ота-оналари ўқишни давом эттириш учун танланган мактаб директорига таълим олувчилар сафидан чиқарилганлиги тўғрисидаги буйруқдан кўчирма, ўқиганлиги тўғрисида маълумотнома ҳамда таълим олувчининг баҳолар (ўзлаштириш) табелини тақдим этади.».
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Халқ таълими вазири Ш.Х. ШЕРМАТОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 27 январь,
2-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirINING
buyrugʻi
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 16 1 -band bilan toʻldirilsin:
“16 1 . Nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taʼlim oluvchilar safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda taʼlim oluvchining baholar (oʻzlashtirish) tabelini taqdim etadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh.X. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-yanvar,
2-mh-son