📅 2020-yil 23-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 23-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 23 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Молия вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 23 января 2020 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства высшего и среднего специального образования Министерства занятости и трудовых отношений Министерства финансов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 23 January 2020 · Ministry and agency documents · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг
Қарори
Олий таълим муассасалари бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 27 майдаги ПФ-5729-сон «Ўзбекистон Республикасида коррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармони , 2018 йил 5 сентябрдаги ПҚ-3931-сон «Халқ таълими тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 822-сон «Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида (Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Халқ таълимини бошқариш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» 2018 йил 5 сентябрдаги ПФ-5538-сон Фармони, Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Халқ таълими тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида» 2018 йил 5 сентябрдаги ПҚ-3931-сон ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Президент мактабларини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида» 2019 йил 20 февралдаги ПҚ-4199-сон қарори)» қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ҳамда Молия вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ва Молия вазирлигининг 2017 йил 6 февралдаги 1-2017, 4-қ/қ, 13-сон қарори (рўйхат рақами 2859, 2017 йил 21 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 8-сон, 122-модда) билан тасдиқланган Олий таълим муассасалари бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига иловага мувофиқ қўшимча ва ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ҳамда Молия вазирлигининг 2020 йил 23 январдаги 3-2020, 2-2020-қ/қ, 4-сон қарорига ИЛОВА
Олий таълим муассасалари бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига киритилаётган қўшимча ва ўзгартиришлар
1. I-боб қуйидаги мазмундаги 18-позиция билан тўлдирилсин:
« 18. Бош аудитор 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 ».
2. XVI-бобдан 3-позиция чиқариб ташлансин.
3. Илованинг 68-банди қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«68. Мазкур меъёрлар ОТМларнинг раҳбар ва педагог ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш муассасаларига ҳам татбиқ этилади.».
Олий ва ўрта махсус таълим вазири И. МАДЖИДОВ
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Н. ХУСАНОВ
Молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 23 январь,
Тошкент ш.,
2020 йил 23 январь,
Тошкент ш.,
2020 йил 23 январь,
3-2020-сон
2-2020-қ/қ-сон
4-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni , 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)” qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qarori (roʻyxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3-2020, 2-2020-q/q, 4-son qaroriga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. I-bob quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 18. Bosh auditor 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 ”.
2. XVI-bobdan 3-pozitsiya chiqarib tashlansin.
3. Ilovaning 68-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Mazkur meʼyorlar OTMlarning rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga ham tatbiq etiladi.”.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
3-2020-son
2-2020-q/q-son
4-son