📅 2020-yil 20-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Moliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 20-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Moliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 20 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Молия вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 20 января 2020 г. · Документы министерств и ведомств · Министр финансов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 20 January 2020 · Ministry and agency documents · Moliya vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирининг
буйруғи
Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети пул маблағларини кассали режалаштириш ва бошқаришни амалга ошириш бўйича ҳужжат шакллари ва уларни тақдим қилиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Бюджет кодекси , Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 29 августдаги 245-сон « Ўзбекистон Республикаси Бюджет кодексини амалга ошириш бўйича норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида »ги ва 2019 йил 30 октябрдаги 898-сон « Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим қарорларига спорт клублари фаолиятини ҳамда спорт мусобақаларини ўтказиш тартибини янада такомиллаштиришга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида »ги қарорларига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси молия вазирининг 2018 йил 9 апрелдаги 76-сон буйруғи (рўйхат рақами 3009, 2018 йил 11 май) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 й., 19-сон, 414-модда) билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети пул маблағларини кассали режалаштириш ва бошқаришни амалга ошириш бўйича ҳужжат шакллари ва уларни тақдим қилиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси молия вазирининг 2020 йил 20 январдаги 3-сон буйруғига ИЛОВА
Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети пул маблағларини кассали режалаштириш ва бошқаришни амалга ошириш бўйича ҳужжат шакллари ва уларни тақдим қилиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага киритилаётган ўзгартиришлар
1. 1-банддаги «бошқа мажбурий тўловларни» деган сўзлар «йиғимларни» деган сўз билан алмаштирилсин.
2. 4-банддаги , 2 ва 3-иловаларнинг номидаги «(Республика бюджети ва маҳаллий бюджетларнинг)» деган сўзлар «(Ўзбекистон Республикасининг республика бюджети, Қорақалпоғистон Республикаси бюджети, вилоятлар ва Тошкент шаҳар маҳаллий бюджетлари)» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
3. 5-банднинг биринчи хатбошиси қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«5. Бюджет ташкилотлари ва бюджет маблағлари олувчиларнинг кутилаётган ойлик харажатлари тўғрисидаги маълумотлар Ғазначилик бўлинмалари томонидан қабул қилинганидан сўнг бюджет ташкилотлари ва бюджет маблағлари олувчиларга харажатларни тўлаш учун рухсатномалар автоматик тарзда берилади.».
4. 4-иловада :
а) «I гуруҳ Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловлар» бўлимида:
«Умумтаълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини рағбатлантиришнинг Директор жамғармаси маблағлари» қаторидаги «Умумтаълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими» деган сўзлар «Умумтаълим мактаблари, академик лицейлари, бошланғич, ўрта ва ўрта махсус профессионал таълим» деган сўзлар билан алмаштирилсин;
«Ишловчи пенсионерларга 50 фоиз миқдорида пенсия тўлови 47 11 430» қатори чиқариб ташлансин;
б) «II гуруҳ Иш ҳақига қўшимчалар» бўлимининг «Ягона ижтимоий тўлов» қаторидаги «Ягона ижтимоий тўлов» деган сўзлар «Ижтимоий солиқ» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Вазир Д. Кучкаров
Тошкент ш.,
2020 йил 20 январь,
3-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son “ Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi va 2019-yil 30-oktabrdagi 898-son “ Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport klublari faoliyatini hamda sport musobaqalarini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3009, 2018-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 19-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 20-yanvardagi 3-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi , 2 va 3-ilovalarning nomidagi “(Respublika budjeti va mahalliy budjetlarning)” degan soʻzlar “(Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kutilayotgan oylik xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan qabul qilinganidan soʻng budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar avtomatik tarzda beriladi.”.
4. 4-ilovada :
a) “I guruh Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” boʻlimida:
“Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari” qatoridagi “Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ishlovchi pensionyerlarga 50 foiz miqdorida pensiya toʻlovi 47 11 430” qatori chiqarib tashlansin;
b) “II guruh Ish haqiga qoʻshimchalar” boʻlimining “Yagona ijtimoiy toʻlov” qatoridagi “Yagona ijtimoiy toʻlov” degan soʻzlar “Ijtimoiy soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Vazir D. Kuchkarov
Toshkent sh.,
2020-yil 20-yanvar,
3-son