📅 2020-yil 23-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 23-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 23 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Миллий гвардияси қўмондони
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 23 января 2020 г. · Документы министерств и ведомств · Командующего Национальной гвардии
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 23 January 2020 · Ministry and agency documents · Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси қўмондонининг
буйруғи
«Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси Ҳарбий-техник институтида ҳарбий-профессионал танлаш тадбирларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруқ, шунингдек унга ўзгартиришларни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 8 августдаги ПФ-5505-сон «Норма ижодкорлиги фаолиятини такомиллаштириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида»ги Фармони ҳамда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 3 июндаги 141-сон «Ўзбекистон Республикаси олий ҳарбий таълим муассасаларига танлаш тартиби ва қабул қилиш қоидалари тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Қуйидагилар ўз кучини йўқотган деб топилсин:
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси қўмондонининг 2018 йил 14 майдаги 122-сон «Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси Ҳарбий-техник институтида ҳарбий-профессионал танлаш тадбирларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 3019, 2018 йил 1 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 й., 22-сон, 466-модда);
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси қўмондонининг 2019 йил 19 апрелдаги 80-сон «Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси Ҳарбий-техник институтида ҳарбий-профессионал танлаш тадбирларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 3019-1, 2019 йил 13 май) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2019 й., 20-сон, 375-модда).
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Қўмондон генерал-полковник Б. ТАШМАТОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 23 январь,
23-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 14-maydagi 122-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3019, 2018-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 22-son, 466-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 19-apreldagi 80-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3019-1, 2019-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 20-son, 375-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qoʻmondon general-polkovnik B. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
23-son