📅 2020-yil 25-may · Markaziy bank hujjatlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 25-may · Markaziy bank hujjatlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 25 май · Марказий банк ҳужжатлари
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 25 мая 2020 г. · Документы Центрального банка
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 25 May 2020 · Central Bank documents
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг
Қарори
Кредит бюроларини рўйхатга олиш ва уларнинг фаолиятини лицензиялаш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг « Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида »ги, « Давлат божи тўғрисида »ги ва « Кредит ахбороти алмашинуви тўғрисида »ги қонунларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқаруви қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг 2018 йил 28 апрелдаги 16/23-сон қарори (рўйхат рақами 3042, 2018 йил 25 июль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 й., 30-сон, 630-модда) билан тасдиқланган Кредит бюроларини рўйхатга олиш ва уларнинг фаолиятини лицензиялаш тартиби тўғрисидаги низомга иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг 2020 йил 25 майдаги 12/4-сон қарорига ИЛОВА
Кредит бюроларини рўйхатга олиш ва уларнинг фаолиятини лицензиялаш тартиби тўғрисидаги низомга киритилаётган ўзгартиришлар
1. 7-банд қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«7. Кредит бюроси ўзининг фирма номи ёзилган штампларга, бланкаларга ва ўз эмблемасига эга бўлишга ҳақли. ».
2. 32-банд қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«32. Кредит бюросини давлат рўйхатидан ўтказганлик учун Ўзбекистон Республикасининг «Давлат божи тўғрисида»ги Қонунида белгиланган миқдорда давлат божи ундирилади.
Кредит бюросига лицензия берганлик учун давлат божи ундирилмайди.».
Марказий банк раиси М. НУРМУРАТОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 25 май,
12/4-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “ Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida ”gi, “ Davlat boji toʻgʻrisida ”gi va “ Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida ”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 30-son, 630-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/4-son qaroriga ILOVA
Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Kredit byurosi oʻzining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va oʻz emblemasiga ega boʻlishga haqli. ”.
2. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.”.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-may,
12/4-son