📅 2020-yil 15-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Xalq taʼlimi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 15-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Xalq taʼlimi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 15 июнь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Халқ таълими вазирлиги Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 15 июня 2020 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства народного образования Министерства занятости и трудовых отношений
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 15 June 2020 · Ministry and agency documents · Xalq taʼlimi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг
Қарори
Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги йўриқномага қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 2 мартдаги ПФ-5953-сон «2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини «Илм, маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида»ги Фармонига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги ҳамда Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги ҳамда Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2018 йил 27 июлдаги 9-мҳ ва 19-қ/қ-сон қарори (рўйхат рақами 3058, 2018 йил 20 август) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 20.08.2018 й., 10/18/3058/1784-сон) билан тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги йўриқномага иловага мувофиқ қўшимча ва ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2020 йил 15 июндаги 7-мҳ, 21-2020-қ/қ-сон қарорига ИЛОВА
Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги йўриқномага киритилаётган қўшимча ва ўзгартиришлар
1. 15-бандда :
учинчи хатбоши «синф журнали» деган сўзлардан кейин «(босма ёки электрон)» деган сўзлар билан тўлдирилсин;
тўртинчи ва бешинчи хатбошилар чиқариб ташлансин.
2. 16 ва 17-бандлар ўз кучини йўқотган деб топилсин.
Халқ таълими вазири Ш. ШЕРМАТОВ
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Н. ХУСАНОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 15 июнь,
Тошкент ш.,
2020 йил 15 июнь,
7-мҳ-сон
21-2020-қ/қ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 3058, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3058/1784-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 7-mh, 21-2020-q/q-son qaroriga ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 15-bandda :
uchinchi xatboshi “sinf jurnali” degan soʻzlardan keyin “(bosma yoki elektron)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. 16 va 17-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
Toshkent sh.,
2020-yil 15-iyun,
7-mh-son
21-2020-q/q-son