📅 2020-yil 19-avgust · Markaziy bank hujjatlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020-yil 19-avgust · Markaziy bank hujjatlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2020 йил 19 август · Марказий банк ҳужжатлари
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 19 августа 2020 г. · Документы Центрального банка
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 19 August 2020 · Central Bank documents
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг
Қарори
Тижорат банкларининг Ўзбекистон Республикаси Марказий банкида депозитга ўтказиладиган мажбурий резервлари тўғрисидаги низомга қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг « Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида »ги ҳамда « Банклар ва банк фаолияти тўғрисида »ги қонунларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқаруви қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг 2018 йил 31 мартдаги 12/8-сон қарори (рўйхат рақами 3002, 2018 йил 25 апрель) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.04.2018 й., 10/18/3002/1102-сон) билан тасдиқланган Тижорат банкларининг Ўзбекистон Республикаси Марказий банкида депозитга ўтказиладиган мажбурий резервлари тўғрисидаги низомга иловага мувофиқ қўшимча ва ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг 2020 йил 19 августдаги 16/11-сонли қарорига ИЛОВА
Тижорат банкларининг Ўзбекистон Республикаси Марказий банкида депозитга ўтказиладиган мажбурий резервлари тўғрисидаги низомга киритилаётган қўшимча ва ўзгартиришлар
1. 2-банд «резервлар нормативи,» деган сўзлардан кейин «мажбурий резервларнинг норматив миқдоридан чегириладиган маблағлар меъёри,» деган сўзлар билан тўлдирилсин.
2. 2-илованинг 29-позицияси қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
« 29. Кассадаги нақд пул ва бошқа тўлов ҳужжатлари 10100 Х Х Х Х ».
3. 3-илованинг қирқ иккинчи хатбошиси қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«29-сатр. Кассадаги нақд пул ва бошқа тўлов ҳужжатлари. Бу сатрда 10100 баланс ҳисобварағининг Марказий банк бошқаруви томонидан чегирилиши белгиланган миқдори кўрсатилади.».
Марказий банк раиси М. НУРМУРАТОВ
Тошкент ш.,
2020 йил 19 август,
16/11-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “ Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida ”gi hamda “ Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida ”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 19-avgustdagi 16/11-sonli qaroriga ILOVA
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 2-band “rezervlar normativi,” degan soʻzlardan keyin “majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar meʼyori,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 2-ilovaning 29-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 29. Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari 10100 X X X X ”.
3. 3-ilovaning qirq ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-satr. Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari. Bu satrda 10100 balans hisobvaragʻining Markaziy bank boshqaruvi tomonidan chegirilishi belgilangan miqdori koʻrsatiladi.”.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-avgust,
16/11-son