📅 2021-yil 16-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021-yil 16-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021 йил 16 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Молия вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 16 февраля 2021 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства высшего и среднего специального образования Министерства занятости и трудовых отношений Министерства финансов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 16 February 2021 · Ministry and agency documents · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг
қарори
Академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумлар бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига ўзгартириш ва қўшимча киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 3 декабрдаги ПҚ-4910-сон «Иқтидорли ёшларни саралаб олиш тизими ва академик лицейлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги ва Молия вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Касб-ҳунар таълими маркази, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги, Молия вазирлигининг 2018 йил 29 декабрдаги 78-қ/қ, 13/ққ, 32-қ/қ, 162-сон қарори (рўйхат рақами 3119, 2019 йил 11 январь) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 14.01.2019 й., 10/19/3119/2469-сон) билан тасдиқланган Академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумлар бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига иловага мувофиқ ўзгартириш ва қўшимча киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2021 йил 16 февралдаги 2-2021-сон, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2021 йил 15 февралдаги ҚҚ-08-2021-сон ва Молия вазирлигининг 2021 йил 9 февралдаги 6-сон қарорига ИЛОВА
Академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумлар бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларига киритилаётган ўзгартириш ва қўшимча
1. 1-бобнинг 1-позицияси қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
« 1. Директор Олий таълим муассасаларининг ўқув ишлари учун масъул проректори (филиал директори ўринбосари) бир вақтнинг ўзида академик лицей директори ҳисобланади. ».
2. 1-боб қуйидаги мазмундаги 1 1 -позиция билан тўлдирилсин:
« 1 1 . Ижрочи директор 1 1 1 1 1 1 1 1 ».
Вазир А. ТОШКУЛОВ
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Н. ХУСАНОВ
Молия вазири Т. ИШМЕТОВ
Тошкент ш.,
2021 йил 16 февраль,
Тошкент ш.,
2021 йил 15 февраль,
Тошкент ш.,
2021 йил 9 февраль,
2-2021-сон
ҚҚ-08-2021-сон
6-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son qarori (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) bilan tasdiqlangan Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 16-fevraldagi 2-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 15-fevraldagi QQ-08-2021-son va Moliya vazirligining 2021-yil 9-fevraldagi 6-son qaroriga ILOVA
Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-bobning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 1. Direktor Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari uchun masʼul prorektori (filial direktori oʻrinbosari) bir vaqtning oʻzida akademik litsey direktori hisoblanadi. ”.
2. 2-bob quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 1 1 . Ijrochi direktor 1 1 1 1 1 1 1 1 ”.
Vazir A. TOShKULOV
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-fevral,
Toshkent sh.,
2021-yil 15-fevral,
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
2-2021-son
QQ-08-2021-son
6-son